TGViewer
Odiljon Tojiyev Odiljon Tojiyev @odiljon_tojiyev · 2.55K subscribers
Post #962 1.11K
Milliy media assotsiatsiyasiga a’zo nodavlat OAV uchun xalqaro hamkorlik imkoniyatlarini kengaytiradigan memorandum imzoladik.

Bugun Pekinda CCTV+ agentligi bosh direktori Li Sya xonim bilan uchrashib, Assotsiatsiyaning “Global South Media Partners” hamkorlik mexanizmiga qo‘shilishi boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumi imzoladik.

Bu kelishuv nodavlat OAVlarimiz uchun juda kerakli imkoniyatlarni beradi. Endi a’zolarimiz xalqaro kontent almashinuvida bevosita qatnashishi, jurnalist va mutaxassislarimiz malaka oshirishi hamda eng yangi mediatexnologiyalarni o‘zlashtirishi mumkin bo‘ladi.

O‘zbekiston va Xitoy munosabatlaridagi o‘zaro ishonch media sohasida ham aniq harakatlarga aylanayotganidan xursandman. CCTV+ jamoasiga ochiq muloqot uchun rahmat aytaman.

Keyingi asosiy ishimiz memorandumni a’zolarimizga foyda keltiradigan amaliy loyihalarga aylantirish boʻladi.

Odiljon Tojiyev
  • 👍 15
  • 🔥 7
  • 👏 6
  • ❤ 2
  • 🤩 1
More from @odiljon_tojiyev
  1. Sep 24, 2026Pekindagi uch kunlik safarimiz yakuniga yetdi. Rasmiy muzokaralar, imzolangan hujjatlardan…
  2. Sep 24, 2026BMT Bosh Assambleyasi minbaridan turib, ziddiyatlar tobora ortayotgan, o‘zaro ishonch esa…
  3. Sep 23, 2026Xitoydagi uchrashuvlar yakunlandi, endi navbat amaliy ishlarga Pekinda “China News Service…
  4. Sep 22, 2026Pekindagi tashrifimizning ikkinchi kunida “Sinxua” axborot agentligi Xitoy iqtisodiy axbor…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →