TGViewer
Odiljon Tojiyev Odiljon Tojiyev @odiljon_tojiyev · 2.55K subscribers
Post #952 1.65K
Bizga qo‘shnilarimiz haqida kim gapirib beryapti?

Markaziy Osiyoda siyosiy kelishuvlar, chegaralar ochilishi va iqtisodiy o‘sish - bularning hammasi muhim.

Va davlatlar darajasidagi bu yutuqlarning eng mustahkam poydevori xalqlarimiz o‘rtasidagi samimiy va chinakam ishonch.

Samarqandda o‘tayotgan Markaziy Osiyo fuqarolik jamiyati forumida aynan shu masala ko‘tarildi.

Bugun biz axborot emas, ishonch tanqisligi davrida yashayapmiz. Bu sharoitda voqelikning buzib ko‘rsatilishi, manipulyatsiya va feyklar jamoatchilik fikriga jiddiy ta’sir qilishi mumkin.

Masalaning yana bir o‘ta nozik tomoni bor. Markaziy Osiyo aholisining o‘rtacha yoshi bor-yo‘g‘i 29 da. Umumiy kelajagimiz mana shu raqamli avlodning qo‘lida. Biz ularga media orqali nimani taqdim etyapmiz?

Shuning uchun, biz mintaqa OAVlari va fuqarolik jamiyati o‘rtasida doimiy ishlaydigan aniq mexanizm, qo‘shma media loyihalar va faktcheking bo‘yicha tizimli hamkorlikni amalga oshirishimiz zarur.

Biz ilgari surayotgan mintaqaviy media hamkorlik turli xil qarashlar sof faktlarga tayanadigan, milliy manfaat va qadriyatlar hurmat qilinadigan maydon.

Davlat rahbarlari mintaqada devorlar o‘rniga ko‘priklar qurdi. Siyosat o‘z so‘zini aytdi. Ana shu ko‘priklarni mustahkam ushlab turish media va jamiyatning yelkasidagi vazifa.

Odiljon Tojiyev
  • 👍 24
  • 🔥 15
  • 👏 15
  • ❤ 7
More from @odiljon_tojiyev
  1. Sep 24, 2026Pekindagi uch kunlik safarimiz yakuniga yetdi. Rasmiy muzokaralar, imzolangan hujjatlardan…
  2. Sep 24, 2026BMT Bosh Assambleyasi minbaridan turib, ziddiyatlar tobora ortayotgan, o‘zaro ishonch esa…
  3. Sep 23, 2026Xitoydagi uchrashuvlar yakunlandi, endi navbat amaliy ishlarga Pekinda “China News Service…
  4. Sep 22, 2026Milliy media assotsiatsiyasiga a’zo nodavlat OAV uchun xalqaro hamkorlik imkoniyatlarini k…
  5. Sep 22, 2026Pekindagi tashrifimizning ikkinchi kunida “Sinxua” axborot agentligi Xitoy iqtisodiy axbor…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →