TGViewer
O'zMU | Rasmiy kanal O'zMU | Rasmiy kanal @nuu_uz · 16.4K subscribers
Post #30673 5.45K
BILIMLI VA TASHABBUSKOR QIZLAR — KELAJAK BUNYODKORLARI


11-oktabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida “Bilimli va tashabbuskor qizlar — kelajak bunyodkorlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda falsafa fanlari doktori (DSc), professor Muxamedjanova Lalixon Ashuralievna hamda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari ishtirok etib, talaba-qizlar bilan bilim olish, shaxsiy rivojlanish, jamiyat hayotida faol ishtirok etish va yangi tashabbuslarni ilgari surish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Davra suhbati davomida qizlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularda mustaqil fikrlash va yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish, ta’lim va ilm-fan sohasidagi intilishlarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, muvaffaqiyatga erishishda bilim, qat’iyat, tashabbuskorlik va izlanishning ahamiyati ta’kidlandi.


📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin 🕊Telegram
  • ❤ 4
  • 👍 3
  • 🎉 2
  • 🔥 1
  • 👏 1
More from @nuu_uz
  1. Oct 14, 2026O‘zbekiston Milliy universiteti Nukus davlat texnika universiteti bilan hamkorlikni kengay…
  2. Oct 14, 2026Matematika fakultetida targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi 🇺🇿 Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbek…
  3. Oct 14, 2026Yaponiyaning Teykyo universiteti bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi 🇺🇿 Mirzo Ul…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →