Yaponiyaning Teykyo universiteti bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
🇺🇿 Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Yaponiya Teykyo universiteti prezidenti, professor Yoshihito Okinaga boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov hamda O‘zbekiston–Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi direktori Saidmurod Niyozbekov ishtirok etdi. Muloqotda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida oliy ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
⏺Uchrashuvning muhim natijalaridan biri Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Teykyo universiteti hamda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi O‘zbekiston–Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumining imzolanishi bo‘ldi.
⏺Hujjat ilmiy va akademik aloqalarni rivojlantirish, olimlar va tadqiqotchilar o‘rtasida tajriba almashish, qo‘shma tadqiqotlarni amalga oshirish hamda yosh ilmiy kadrlar tayyorlash uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan.
Batafsil 👉 https://nuu.uz/yaponiyaning-teykyo-universiteti-bilan-hamkorlik/
👉 На русском
👉 In English
#MilliyUniversitet #TeykyoUniversiteti #XalqaroHamkorlik #MadaniyMeros
📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube 🌐 Linkedin 🕊Telegram









