TGViewer
Channel Public Channel
NursaidovX - Kiberxavfsizlik akademiyasi

NursaidovX - Kiberxavfsizlik akademiyasi

@nursaidovx

NursaidovX - KiberXavfsizlik Akademiyasi

| @Nursaidovuz | @NursaidovAI |

📈 https://www.linkedin.com/in/nursaidov/

📹 Youtube.com/c/Nursaidovuz

📱 Facebook.com/Nursaidovuz

📶 Twitter.com/Nursaidovuz
Subscribers
1.17K
Photos
233
Videos
34
Links
157
Recent Posts 20 shown
Post #800 517
🇲🇾 CyberDSA 2026’da ishtirok etishim rasman tasdiqlandi.

5-7 oktabr kunlari Kuala-Lumpurdagi CyberDSA 2026 xalqaro kiberxavfsizlik va mudofaa texnologiyalari ko‘rgazmasida *Trade visitor sifatida qatnashaman.

Tadbirda global cyber kompaniyalar, ekspertlar va yangi xavfsizlik texnologiyalari jamlanadi.

Nasib qilsa, eng muhim yangiliklarni kanalda ulashib boraman.


*Trade visitor - tadbirga oddiy tomoshabin emas, soha vakili/professional tashrifchi sifatida kiradigan qatnashchi degani.

@NursaidovX
  • 👍 16
  • 🎉 5
  • 🔥 4
Post #799 487
NursaidovX - Kiberxavfsizlik akademiyasi Tarmoqni tushunmasdan kiberxavfsizlik bo‘lmaydi Keyingi muhim qadam - CompTIA Network+. Bu sertifikat internet, IP manzil, DNS, portlar, router, switch va tarmoq qanday ishlashini o‘rgatadi. Kiberxavfsizlikda hujum ham, himoya ham tarmoq orqali bo‘ladi.…
Kiberxavfsizlikka kirish sertifikati

Keyingi qadam - CompTIA Security+.

Bu sertifikat xavfsizlik asoslari, parol, virus, tarmoq hujumlari, himoya usullari, risk va incident tushunchalarini o‘rgatadi.

Nega kerak?
Chunki Security+ - IT’dan kiberxavfsizlikka o‘tishdagi eng mashhur boshlang‘ich sertifikatlardan biri.

@NursaidovX
  • 👍 4
Post #795 542
⚠️ Claude akkauntlarining faol sessiyalari o‘g‘irlanmoqda

Anthropic ayrim foydalanuvchilarning kompyuteridagi infostealer viruslari Claude’ning faol login sessiyasini o‘g‘irlab, parolsiz akkauntga kirish va AI limitlaridan foydalanish imkonini berayotganini aniqladi.

Noma’lum dastur o‘rnatmang, brauzer sessiyalarini himoyalang va qurilmangizni zararli dasturlarga tekshirib turing.

@NursaidovX
  • 😱 2
  • 👎 1
Post #794 494
Kali - o‘rganiladigan fan emas, asboblar qutisi.
  • 👍 4
  • 👏 1
Post #793 506
“Hack qilish uchun qaysi kursni tavsiya qilasiz?”

- “Psixologiya.”
  • 😁 4
  • 👍 2
  • 👎 1
Post #792 553
Post #790 533
NursaidovX - Kiberxavfsizlik akademiyasi Kiberxavfsizlikni nimadan boshlash kerak? Eng birinchi qadam - IT asoslarini tushunish. Buning uchun CompTIA ITF+ yaxshi boshlang‘ich sertifikat hisoblanadi. U kompyuter, internet, tarmoq, dastur va xavfsizlikning eng oddiy tushunchalarini o‘rgatadi. Ya’ni…
Tarmoqni tushunmasdan kiberxavfsizlik bo‘lmaydi

Keyingi muhim qadam - CompTIA Network+.

Bu sertifikat internet, IP manzil, DNS, portlar, router, switch va tarmoq qanday ishlashini o‘rgatadi.

Kiberxavfsizlikda hujum ham, himoya ham tarmoq orqali bo‘ladi.

Shuning uchun Network+ - cybersecurity uchun eng kerakli poydevorlardan biri.

@NursaidovX
  • 👍 2
Post #788 494
#css2026 #cknews4_0

🦁“CYBERKENT 4.0”da ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

2026-yilning 5-6 oktabr kunlari “Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2026” o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Sammit doirasida “Cyberkent 4.0” musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Kiberxavfsizlik markazi “Cyberkent 4.0”da ishtirok etish istagidagilar uchun saralash bosqichini e’lon qiladi!

Musobaqa quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

⏺Himoyachi jamoa (Blue team) – har bir jamoa 3 kishidan 5 kishigacha a’zolardan iborat bo‘ladi. Saralash bosqichi orqali eng yuqori ball to‘plagan 10 ta jamoa tanlab olinadi.

Blue team saralash bosqichi 2026-yil 24-avgustdan ro‘yxatdan o'tish boshlanadi

🔴 Hujumchi jamoa (Red team) – har bir jamoa 3 kishidan 5 kishigacha a’zolardan iborat bo‘ladi. Saralash bosqichi orqali eng yuqori ball to‘plagan 10 ta jamoa tanlab olinadi.

Red team saralash bosqichi uchun ro'yxatdan o'tish 2026-yil 24-avgustdan boshlanadi

❗️Himoyachi jamoa (Blue team) saralash bosqichidan o’tgan jamoalar Hujumchi jamoa (Red team) uchun bo’lib o’tadigan saralash bosqichida ishtirok eta olmaydi.

Saralash bosqichidan o'ta olmagan ishtirokchilar uchun 2026-yil 5-6 oktabr kuni Ochiq topshiriqlar (CTF, The AI Underworld, Attack Surface AI ), "CyberQuiz" viktorinasi, "Bug bounty", "Cybermergan" va "Cyber muloqot" seminar-treningi bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

“Cyberkent 4.0” g‘oliblari quyidagi tartibda rag‘batlantiriladi:

🔴Hujumchi jamoa (Red team)
🥇1-o‘rin — 50 mln so‘m
🥈2-o‘rin — 30 mln so‘m
🥉3-o‘rin — 10 mln so‘m

⏺Himoyachi jamoa (Blue team)
🥇1-o‘rin — 50 mln so‘m
🥈2-o‘rin — 30 mln so‘m
🥉3-o‘rin — 10 mln so‘m

🟢Ochiq topshiriqlar (Har bir yo'nalish uchun)
🥇1-o‘rin — 15 mln so‘m
🥈2-o‘rin — 10 mln so‘m
🥉3-o‘rin — 5 mln so‘m

✅Bundan tashqari, g‘oliblar sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.

Batafsil ma'lumot cyberkent.uz veb-saytida.
  • 👍 4
  • ❤ 1
  • 🔥 1
Post #787 418
⚠️ 11–23 avgustdagi eng muhim kiberxavfsizlik yangiliklari

🪟 Windows - Microsoft 400 ta zaiflikni tuzatdi. 3 ta zero-day bor, ulardan biri real hujumlarda ishlatilgan.
🛡 Microsoft Defender - “ShieldBreak” zero-day topildi. Zaiflik orqali SYSTEM huquqigacha ko‘tarilish mumkinligi ko‘rsatildi.
📹 Zoom - meeting ichidagi Annotation zaifliklari boshqa ishtirokchining Zoom klientini egallashga imkon berishi mumkin edi. Yangilanish chiqarilgan.
🦊 Firefox - Firefox 154’da sandbox escape, privilege escalation va xotira bilan bog‘liq yuqori xavfli zaifliklar yopildi.
🌐 Chrome - 737 ta soxta VPN/proxy kengaytmasi aniqlandi. Ular foydalanuvchi internet trafigini begona proxy orqali o‘tkazgan.
🍎 macOS - Screen Sharing zaifligi real hujumlarda ishlatilmoqda. Ayrim ochiq Mac qurilmalariga parolsiz kirish mumkin bo‘lgan.
🤖 Microsoft Copilot - “CoSnitch” zaifligi ulangan Gmail, Drive, Calendar va OneDrive’dan ma’lumot chiqarishga imkon berishi mumkin edi. Tuzatildi.
📱 Android - Manic — 169 ta bank, to‘lov, kripto, messenjer va 2FA ilovasini nishonga oluvchi yangi malware aniqlandi.
💬 Microsoft Teams - SynkLoader virusi soxta IT xodimlari orqali tarqatilib, Windows parollarini o‘g‘irlashga urinmoqda.
📱 Android - ToxicPanda 2.0 - 349 ta ilovani nishonga oladi va VPN/Accessibility ruxsatlari orqali Google Play himoyasiga xalaqit berishi mumkin.

✅ Windows, brauzerlar, Zoom va telefon ilovalarini doim so‘nggi versiyada saqlang.

@NursaidovX
Post #786 375
Bitdefender Labs 19-avgust 2026-yilda “SilkParasite” nomli yangi kiberjosuslik kampaniyasini ochiqladi.

O‘zbekiston davlat tashkilotlari uchun maxsus fishing hujjatlari tayyorlangan. Hatto O‘zbekiston IIV nomidan qalbakilashtirilgan hujjat namunasi topilgan.
Tadqiqotchilar kampaniyani Xitoy bilan bog‘liq deb o‘rta ishonch bilan baholamoqda.

Eng qizig‘i, guruh 7 xil RAT ishlatgan va ularning 5 tasi ilgari umuman hujjatlashtirilmagan: DriveSilkRAT, CookiETagRAT, NomadRAT, GoginRAT va NodeEdgeRAT. Ayrim phishing materiallarida AI yordamida yaratilgan kontent izlari ham aniqlangan.

@NursaidovX
Post #785 446
‼️2026-yilda O‘zbekiston kiberjinoyatchilari orasida sun’iy intellekt yordamida yaratilgan soxta video, audio va ovozlardan foydalanish xavfi ham alohida muammoga aylanmoqda.

Firibgarlar:

🎭 tanish inson yoki rahbarning yuzini sun’iy yaratishi;
🎙️ uning ovozini taqlid qilishi;
📹 videomuloqot orqali ishonch uyg‘otishi;
💰 keyin pul o‘tkazishni yoki maxfiy ma’lumot berishni so‘rashi mumkin.

O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi yig‘ilishlarda ham kiberjinoyatlarning yangi texnologiyalar, jumladan AI imkoniyatlaridan foydalanib murakkablashayotgani qayd etilgan.

⚠️ Eng muhim qoida: videoqo‘ng‘iroq yoki ovoz tanish odamnikiga 100% o‘xshasa ham, pul yuborishdan oldin boshqa aloqa kanali orqali shaxsni qayta tekshiring.

⚠️Kiberfakt: ovoz yoki yuzning o‘xshashligi endi shaxsni tasdiqlash uchun yetarli dalil emas.

@NursaidovX
  • 😱 2
  • ❤ 1
Post #784 453
❗️ Апк форматдаги вирусли файллардан ҳимояланишнинг усули

Яқинларингизга ҳам юбориб қўйинг!
  • 👍 1
Post #782 577
⚠️O‘zbekiston 2026-yil II chorakda ham malware xavfi bo‘yicha dunyo TOP-10’ida

Kaspersky’ning yangi Q2 2026 hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston lokal zararli dasturlar bilan zararlanish xavfi bo‘yicha dunyoda 10-o‘rinni egallagan.

📊 O‘zbekistondagi Kaspersky foydalanuvchilarining 22,49% ida chorak davomida kamida bir marta malware aniqlangan.

🌍 Dunyo bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich esa - 10,93%. Ya’ni O‘zbekistondagi ko‘rsatkich global o‘rtachadan qariyb 2 baravar yuqori.

Qiziq tomoni:

🔴 Q1 2026: O‘zbekiston - 7-o‘rin, 24,81%
🟠 Q2 2026: O‘zbekiston - 10-o‘rin, 22,49%.

Demak, vaziyat biroz yaxshilangan, ammo O‘zbekiston hali ham malware xavfi eng yuqori bo‘lgan 10 davlat qatorida.

Bu statistikaga kompyuterdagi zararli fayllar, USB/fleshka orqali kirgan malware va diskda aniqlangan boshqa zararli obyektlar kiradi.

Manba: Kaspersky Securelist Desktop and IoT threat statistics for Q2 2026, 10-avgust 2026.

@NursaidovX
  • 😱 4
Post #781 532
⚠️ Mac foydalanuvchilari zudlik bilan yangilang

macOS’dagi CVE-2026-65400 zaifligi real hujumlarda ishlatilmoqda. Agar Screen Sharing internetga ochiq bo‘lsa, hujumchi parolsiz autentifikatsiyani chetlab o‘tib, Mac’ga kirishi va hatto root huquqigacha yetishi mumkin.

Apple muammoni tuzatgan. macOS’ni yangilang va ishlatmasangiz Screen Sharing’ni o‘chirib qo‘ying.

@NursaidovX
  • 👍 3
Post #780 516
Windowsmi yoki Linux?

Oddiy foydalanuvchi uchun - Windows qulay.
Kiberxavfsizlik, server va tarmoq ishlari uchun - Linux kuchli.

Eng to‘g‘ri yo‘l:
Windows asosiy tizim bo‘lsin, Linux esa virtual mashinada o‘rganilsin.

Chunki Windows - kundalik ish uchun,
Linux - haqiqiy texnik bilim uchun.

@NursaidovX
  • ❤ 3
  • 👍 3
  • 🔥 2
Post #779 535
⚠️ Microsoft Defender’da yangi zero-day aniqlandi

“ShieldBreak” nomli zaiflik orqali oddiy foydalanuvchi huquqidan Windows’da SYSTEM darajasigacha ko‘tarilish mumkinligi ko‘rsatildi. Zaiflik Windows 10, Windows 11 va Windows Server tizimlariga ta’sir qilishi mumkin.

Microsoft muammoni tekshirmoqda. Hozircha rasmiy tuzatish yo‘q, shu sabab noma’lum dastur va fayllarni ishga tushirmaslik tavsiya etiladi.

@NursaidovX
  • 👍 3
Post #778 617
2026-yilda O‘zbekistonga 200 milliondan ortiq kiberhujum bo‘lishi prognoz qilinmoqda

@NursaidovX
  • 👎 2
  • 😱 2
  • 😁 1
Post #777 627
❗️Anthropic bir xil vazifani bajarish uchun uchta Claude agentini ishga tushirdi va ularga yashirin ravishda bir-biriga zid maqsadlar berdi.

Agentlar deyarli darhol o‘zaro nazorat uchun kurashga kirishdi: ular qurol sifatida tobora agressivroq o‘zini-o‘zi ko‘paytiruvchi zararli dasturlardan (malware) foydalandi va hatto bir-birining akkauntlarini o‘chirib qo‘yishga urindi.

@NursaidovX
  • 😱 3
  • 😁 2
Older posts →

About this channel

How can I read @nursaidovx without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for NursaidovX - Kiberxavfsizlik akademiyasi: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does NursaidovX - Kiberxavfsizlik akademiyasi have?
NursaidovX - Kiberxavfsizlik akademiyasi (@nursaidovx) has 1.17K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does NursaidovX - Kiberxavfsizlik akademiyasi know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →