TGViewer
NursaidovX - Kiberxavfsizlik akademiyasi NursaidovX - Kiberxavfsizlik akademiyasi @nursaidovx · 1.17K subscribers
Post #788 495
#css2026 #cknews4_0

🦁“CYBERKENT 4.0”da ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

2026-yilning 5-6 oktabr kunlari “Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2026” o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Sammit doirasida “Cyberkent 4.0” musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Kiberxavfsizlik markazi “Cyberkent 4.0”da ishtirok etish istagidagilar uchun saralash bosqichini e’lon qiladi!

Musobaqa quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

⏺Himoyachi jamoa (Blue team) – har bir jamoa 3 kishidan 5 kishigacha a’zolardan iborat bo‘ladi. Saralash bosqichi orqali eng yuqori ball to‘plagan 10 ta jamoa tanlab olinadi.

Blue team saralash bosqichi 2026-yil 24-avgustdan ro‘yxatdan o'tish boshlanadi

🔴 Hujumchi jamoa (Red team) – har bir jamoa 3 kishidan 5 kishigacha a’zolardan iborat bo‘ladi. Saralash bosqichi orqali eng yuqori ball to‘plagan 10 ta jamoa tanlab olinadi.

Red team saralash bosqichi uchun ro'yxatdan o'tish 2026-yil 24-avgustdan boshlanadi

❗️Himoyachi jamoa (Blue team) saralash bosqichidan o’tgan jamoalar Hujumchi jamoa (Red team) uchun bo’lib o’tadigan saralash bosqichida ishtirok eta olmaydi.

Saralash bosqichidan o'ta olmagan ishtirokchilar uchun 2026-yil 5-6 oktabr kuni Ochiq topshiriqlar (CTF, The AI Underworld, Attack Surface AI ), "CyberQuiz" viktorinasi, "Bug bounty", "Cybermergan" va "Cyber muloqot" seminar-treningi bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

“Cyberkent 4.0” g‘oliblari quyidagi tartibda rag‘batlantiriladi:

🔴Hujumchi jamoa (Red team)
🥇1-o‘rin — 50 mln so‘m
🥈2-o‘rin — 30 mln so‘m
🥉3-o‘rin — 10 mln so‘m

⏺Himoyachi jamoa (Blue team)
🥇1-o‘rin — 50 mln so‘m
🥈2-o‘rin — 30 mln so‘m
🥉3-o‘rin — 10 mln so‘m

🟢Ochiq topshiriqlar (Har bir yo'nalish uchun)
🥇1-o‘rin — 15 mln so‘m
🥈2-o‘rin — 10 mln so‘m
🥉3-o‘rin — 5 mln so‘m

✅Bundan tashqari, g‘oliblar sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.

Batafsil ma'lumot cyberkent.uz veb-saytida.
  • 👍 4
  • ❤ 1
  • 🔥 1
More from @nursaidovx
  1. Sep 1, 2026🇲🇾 CyberDSA 2026’da ishtirok etishim rasman tasdiqlandi. 5-7 oktabr kunlari Kuala-Lumpur…
  2. Aug 31, 2026Kiberxavfsizlikka kirish sertifikati Keyingi qadam - CompTIA Security+. Bu sertifikat xavf…
  3. Aug 31, 2026@NursaidovX
  4. Aug 31, 2026⚠️ Claude akkauntlarining faol sessiyalari o‘g‘irlanmoqda Anthropic ayrim foydalanuvchilar…
  5. Aug 29, 2026Kali - o‘rganiladigan fan emas, asboblar qutisi.
  6. Aug 29, 2026“Hack qilish uchun qaysi kursni tavsiya qilasiz?” - “Psixologiya.”
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →