⚠️O‘zbekiston 2026-yil II chorakda ham malware xavfi bo‘yicha dunyo TOP-10’ida
Kaspersky’ning yangi Q2 2026 hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston lokal zararli dasturlar bilan zararlanish xavfi bo‘yicha dunyoda 10-o‘rinni egallagan.
📊 O‘zbekistondagi Kaspersky foydalanuvchilarining 22,49% ida chorak davomida kamida bir marta malware aniqlangan.
🌍 Dunyo bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich esa - 10,93%. Ya’ni O‘zbekistondagi ko‘rsatkich global o‘rtachadan qariyb 2 baravar yuqori.
Qiziq tomoni:
🔴 Q1 2026: O‘zbekiston - 7-o‘rin, 24,81%
🟠 Q2 2026: O‘zbekiston - 10-o‘rin, 22,49%.
Demak, vaziyat biroz yaxshilangan, ammo O‘zbekiston hali ham malware xavfi eng yuqori bo‘lgan 10 davlat qatorida.
Bu statistikaga kompyuterdagi zararli fayllar, USB/fleshka orqali kirgan malware va diskda aniqlangan boshqa zararli obyektlar kiradi.
Manba: Kaspersky Securelist Desktop and IoT threat statistics for Q2 2026, 10-avgust 2026.
@NursaidovX
Post #782
577
- 😱 4