Butunjahon tibbiy ta’lim federatsiyasi (WFME) ekspertlari Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining tibbiy ta’limni akkreditatsiyalash faoliyatini baholamoqda.
Shu maqsadda ayni damda ekspertlar Samarqand davlat tibbiyot universitetida o‘tkazilayotgan davlat akkreditatsiyasi jarayonini kuzatmoqda.
Baholashda quyidagilarga e’tibor qaratilmoqda:
— tashqi baholashning qanday tashkil etilishi;
— akkreditatsiya ekspertlarini tanlash va tayyorlash;
— qaror qabul qilishning mustaqilligi va shaffofligi;
— akkreditatsiyadan keyingi monitoring.
WFME baholashining markazida — Agentlikning akkreditatsiya tizimi qanchalik ishonchli ishlashi.
Ijobiy qaror qabul qilinsa, Agentlikning tibbiy ta’limni akkreditatsiyalash faoliyati WFME mezonlariga muvofiqligi xalqaro darajada tasdiqlanadi.
WFMEning rasmiy ro‘yxatida
50 dan ortiq tan olingan akkreditatsiya agentligi
mavjud. Ular qatorida
AQSh, Kanada, Yaponiya
va
Germaniya
agentliklari ham bor.
English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖
☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook