TGViewer
O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali O’zbekiston milliy pedagogika universiteti | Rasmiy kanali @npu_uz · 10.9K subscribers
Post #22496 4.08K
O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Nizomiy Ganjaviy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti deb qayta nomlandi

❗️14 ta pedagogika va Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi 3 ta oliygoh Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimiga o‘tkazildi

🔰Prezident “Ayrim davlat oliy taʼlim muassasalarining boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 2-oktyabrdagi PQ–358-son qarorni imzoladi.

➡️ Qaror bilan quyidagilar belgilandi:

✔️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi 17 ta oliy ta’lim muassasasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimiga o‘tkazildi.

💠 O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Nizomiy Ganjaviy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti deb qayta nomlandi.

✳️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining pedagog kadrlar tayyorlash sohasidagi quyidagi vazifalari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yuklatildi:

▪️yagona konseptual yondashuv asosida oliy ma’lumotli pedagog kadrlar tayyorlash siyosatini yuritish;

▪️pedagogik taʼlim sohasini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilash;

▪️pedagogik taʼlimning uzviyligi va uzluksizligini, taʼlim-tarbiya jarayoniga ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalari joriy etilishini taʼminlash;

▪️pedagogika sohasida ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish;

▪️ pedagogika sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasalarining boshqaruv tizimini takomillashtirib borish.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
  • ❤ 26
  • 👍 19
  • 👌 3
  • ⚡ 1
  • 🥰 1
More from @npu_uz
  1. Oct 2, 2026📢 DIQQAT, TANLOV! “Qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ilmiy maqo…
  2. Oct 1, 2026Kuni kecha jamoamizdagi ustozlar, professor-oʻqituvchilar, xodimlarimiz bilan kasb bayrami…
  3. Oct 1, 2026Ustozlik bir qarashda oddiy, aslida esa eng katta mas’uliyat Ustoz bir vaqtning o‘zida dar…
  4. Oct 1, 2026Faxriy ustozlarimiz holidan xabar olindi O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida universi…
  5. Oct 1, 2026Oʻqituvchi va murabbiylar kuni muborak! Bugun yosh avlodga bilim berib, ularning qalbida e…
  6. Sep 30, 2026Ustozga ehtirom — yuksak qadriyat! “1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →