TGViewer
Channel Public Channel
NmaGap

NmaGap

@nmagapsuhbat

Bu suhbat/podcast vakillari bilan yaqindan aloqa✌️

Hamkorlik masalasi bo‘yicha - @nmagapadmin

Donat uchun: https://taps.uz/nmagap/d
Subscribers
9.21K
Photos
123
Videos
907
Links
728
Recent Posts 17 shown
Post #2116 2.48K
😎 Ozg’inlik KAYF!

Siz hozir ekranda ko’rib turgan qahramonimizni avvallari 150 kgdan past tasavvur qilish qiyin edi. Shum bolaning rekordlarini hali hech kim takrorlay olganicha yo’q, lekin nimaiki ortiqcha bo’lsa, u zarardir, ayniqsa, TAOM.

“NmaGap” loyihasining navbatdagi qahramoni bloger Elbek Ibragimov!

Elbek akaning vazni hozir 80 kg, bu natijaga qanday erishgani Sizga ham qiziqmi?

📹 Eng mayda detallarigacha shu yerda gaplashdik: 👉
https://youtu.be/vb-i9zuGsIo

📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz!

@nmagapsuhbat
  • 🔥 27
  • 👍 11
  • 🙏 1
Post #2115 4.11K
🏗 Quruvchilarning yuzi “ochildi”!

Uylarning bir kvadrat metri 100 dollarga tushishi mumkinmi? Sergelida 500 dollarga uy topiladimi? Kotlovandan uy olgan mijoz qancha foyda qiladi?

“NmaGap”ning yangi sonida investor va qurilish sohasidagi tadbirkor Anvarjon Fazliddinzoda bilan qurilish bozorining ko‘pchilik bilmaydigan tomonlari haqida ochiq suhbatlashdik.

— Qurilishdagi haqiqiy daromad qancha?
— Uy qurishdan avval qanday ruxsatlar olinadi?
— Qaysi hududlardan uy sotib olmagan ma’qul?
— Nega Samarqandda pul ko‘p?
— Mijozning puli qachon 100% qaytariladi?
— Pul rostdan ham xotirjamlikni yo‘qotadimi?

Shuningdek, 12 yillik musofirlik, oilaviy biznes, boylarning hobbilari va Instagramdagi aldamchi hayot haqida ham gaplashdik.

📹 To’liq suhbatni ko’rish uchun: 👉 https://youtu.be/0T2P-n9WiSA

📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz!

@nmagapsuhbat
  • 🔥 17
  • 👍 7
  • 👻 3
Post #2114 5.25K
🔥 Bomba Anakonda Takonda!

Instagramda har kuni turli tuman blogerlarni ko’ramiz, ularning ba’zilariga havas qilamiz, ba’zilaridan motivatsiya olamiz, ba’zilarining esa qilayotgan ishlari hayratlantiradi.

Shunaqa hayratlantiradigan blogerlardan biri bugun “NmaGap” mikrafonlari qarshisida.

Suhbatimizning navbatdagi qahramoni bloger Ilyos Berdiyev.

Ortiqcha cho’zib o’tirishga hojat yo’q. Yigitning originali bilan suhbat Sizni YouTubeda kutyapti: 👉 https://youtu.be/qcQ-3gfFpbg?si=v_OLCU2GPe-UEsgD

📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz!

@nmagapsuhbat

YouTube | Instagram | TikTok
  • 🔥 48
  • 👍 10
  • 🍌 4
  • 👻 1
Post #2113 6.8K
🏃 Sportdan tug’ilgan startup!

Intizom, chidamlilik va katta maqsadlar - bu safargi suhbat sport hamda startap olamini birlashtiradi.

“NmaGap”ning navbatdagi mehmoni - bir yil ichida 5 ta Ironman musobaqasini yakunlagan sportchi, xalqaro tajribaga ega tadbirkor va Deepen startapi asoschisi Farhod Furqatov.

18 yil xorijda yashab, AQSh startap ekotizimida tajriba orttirgan Farhod aka nima uchun O‘zbekistonga qaytdi? Sport klublaridagi oddiy daftar va Excel jadvallaridan boshlangan muammoni qanday qilib 180 dan ortiq klub foydalanadigan biznesga aylantirdi? Ironman startap qurishda qanday yordam berdi?

Suhbatda sportni biznesga aylantirish, investitsiya jalb qilish, xorijiy bozorga chiqish, 40 yoshdan keyin yugurishni boshlash va sog‘lom hayot uchun pul to‘lash madaniyati haqida gaplashdik.

📹 To’liq suhbatni ko’rish uchun: 👉 https://youtu.be/EUnQcWwhkw0

📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz!

@nmagapsuhbat
  • 🔥 26
  • 👍 9
Post #2112 7.67K
UFC 5 yilda futbolni”uradi!”

Intizom, xarakter, natija va doimiy harakat — bu safar suhbat oddiy motivatsiyadan ko‘ra chuqurroq bo‘ladi.

“NmaGap”ning navbatdagi qahramoni MMA treyneri Jasco Coach, ya’ni Jasur Alijonov.

MMA uning hayotiga qanday kirib kelgani, murabbiylik yo‘li, jangovar sport ortidagi og‘ir mashg‘ulotlar, shogirdlarni nafaqat jismonan, balki ruhiy jihatdan ham jangga tayyorlash, g‘alaba va mag‘lubiyatni qabul qilish — suhbatda oktagon tashqarisida ko‘rinmaydigan jarayonlar haqida ham gaplashdik.

📹 YouTubega GO: 👉
https://youtu.be/UY7Ibzj3jCo

📌 NmaGap — Keling, miriqib suhbatlashamiz!

@nmagapsuhbat
  • 👍 28
  • 🍌 21
  • 🔥 12
Post #2111 8.31K
🐟 Tabiatga OZOR bermang!

O‘zbekistonda rostdan ham 4 metrlik laqqa bormi?
Dinozavr qanday qilib tovuqqa “aylanib” qolgan?
Darvin nazariyasiga ishonish kerakmi o‘zi?

Bu safar shu va bundan ham qiziq savollarni biolog olim, ixtiolog va genetik Baxtiyor Sheraliyevga berdik.

Baliqlardan boshlangan suhbatimiz evolyutsiya, genetika, din, tibbiyot, Xitoydagi hayot va ta’lim, bolalar tarbiyasigacha borib yetdi.

Ba’zi joylarda hayron qoldik, ba’zilaridan yana savol berdik, ayrim javoblardan keyin esa rosa bahslashgimiz keldi😉

📹 Xullas, bu safar ham zeriktirmaydigan suhbat bo‘ldi: 👉 https://youtu.be/wXNpW6-Q5MM

📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz!

@nmagapsuhbat
  • 👍 37
  • 🔥 24
  • 🍌 4
  • 🙏 1
  • 👻 1
Post #2110 8.43K
🚗 24/7 ESHIK ochamiz!

Instagramda Mashina ochish nomi ostida faoliyat yuritadigan bloger, yana ham aniqrog’i jamoa haqida siz ham eshitgan bo’lsangiz kerak. Mashinasi yoki uyi qulflanib qolganlarga supermandek yordamga shoshiladigan bu yigitlarga tasanno aytmaslikning iloji yo’q.

Bugun “NmaGap” studiyasida Mashina ochish blogi muallifi Ismoil Bahodirov. Instagram, u yerdagi kontentlar o’z yo’liga, bizga Ismoil akaning ichki dunyolarini ochish qiziq bo’ldi.

Suhbat allaqachon YouTubeda: 👉
https://youtu.be/cB591BKVhxw

📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz!

@nmagapsuhbat
  • 🔥 30
  • 👍 10
Post #2108 9.35K
❗️“Uyga rezultatsiz qaytmayman…”

Shu qaror bilan Moskvaga yo‘l olgan GAFUR bugun MDHda millionlab tinglovchilarga ega o‘zbek ijodkorlaridan biri.

Lekin bu natijaga yetib kelish oson bo’lmagan…

Michael Jacksonga 3 yoshidan boshlangan qiziqish, musiqani mustaqil o‘rganish, tavakkal Moskvaga ketish, Andro, Jony, Elman bilan tanishuv, RAAVA Music va katta sahnagacha bo‘lgan yo‘l.

GAFUR o‘zi haqida hali hech qayerda gapirmagan gaplarini “NmaGap” bilan bo’lishdi.

📹 YouTubega GO: 👉 https://youtu.be/C3Eg6uslOy8?si=hkC2RGq2XgPVG6Em

📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz!

@nmagapsuhbat

YouTube | Instagram | TikTok
  • 🔥 28
  • 👍 6
  • 👻 5
  • 🍌 1
Post #2107 7.89K

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • 👍 93
  • 🔥 47
  • 👻 13
  • 🍌 9
Post #2106 7.68K

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • 🔥 163
  • 👍 51
  • 🙏 22
  • 🍌 12
  • 👻 4
Post #2105 9.89K
🚘 QARZGA mashina olmang!

Bugun avtobozordagi holat 10 yil oldingiday emas, ko’pchilik mahalliy ishlab chiqaruvchilarning emas, Xitoy mashinalarini ma’qul ko’ryapti. Xullas, sezib turganingizday bugun MASHINA haqida gaplashamiz.

“NmaGap”ning navbatdagi mehmoni avtobloger Sherzod Jalolov, “Choynakning qopqog’i!

Xo’sh, yaqinda mashina olmoqchimisiz yoki almashtirmoqchimisiz?

📹 Unda bu maslahatlar Sizga asqatishi mumkin: 👉 https://youtu.be/W3U8ElHu72U

📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz!

@nmagapsuhbat
  • 👍 25
  • 🔥 15
Post #2104 7.7K
NmaGap, chetda yurganlar? 👀🌍

Endi “donat qilmoqchiydim-u, chetdaman-da” degan gap o‘tmaydi😄

Qayerda bo‘lsangiz ham, xohlasangiz anonim, xohlasangiz ismingiz bilan donat tashlab ketavering. 💸

To‘lov usullari ham yetarlicha — o‘zingizga qulayini tanlaysiz.

🔗 Donat manzili o’zgardi:https://taps.uz/nmagap/d

📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz!

@nmagapsuhbat
taps. NmaGap | taps. Salom hammaga! Nma gap? Siz bu yerda bizning yo'nalishlarimizni donat orqali qo'llab quvvatlab turishingiz mumkin. Oldindan katta rahmat, befarq bo'lmaganligin…
  • 👍 33
  • 🙏 3
  • 🍌 2
  • 🔥 1
  • 👻 1
Post #2103 15.1K
🇩🇪 “Surish” illyuziyalariga ishonmang!

Behruz Bozorov — Germaniyadagi hayotni chiroyli kadrlar ortidan emas, o‘zi ko‘rgan va boshdan kechirgan voqealar orqali ko‘rsatadigan bloger va tarix fani o’qituvchisi.

Xorijga ketish istagi, til bilmasdan ish topish qiyinligi, firibgarlarning yolg‘on va’dalariga ishongan yuzlab insonlar, vatanni sog‘inish, oila, jamiyatdagi stereotiplar va Germaniyadagi real hayot — suhbatda “bezatilmagan” mavzular ko‘p bo‘ldi.

📹 “NmaGap”ning navbatdagi soni shu yerda: https://youtu.be/TZS0pZaBTW0

📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz!

@nmagapsuhbat
  • 🔥 34
  • 👍 16
  • 👻 1
Post #2102 9.24K
👨‍🍳 Dunyo kezgan oshpaz!

15 yoshida oshpazlikni oddiy shogird sifatida boshlagan yigit 18 yoshida Sankt-Peterburgdagi nufuzli restoranlardan birida sous-shef darajasiga ko‘tarildi. Keyinchalik o‘z restoranlarini ochdi, Istanbulda "Payitaht Tashkent" brendini yaratdi va bugun minglab insonlar kuzatadigan food bloger hamda tadbirkorga aylandi.

Bu safargi mehmonimiz — Xojiakbar Gofurov, ya'ni Akbarbey. Suhbat davomida u restoran biznesining ko‘pchilik bilmaydigan jihatlari, Rossiyada boshidan kechirgan xavfli va hayratlanarli voqealar, CZN Burak bilan tanishuvi, o‘zbek milliy taomlarining dunyodagi o‘rni, zamonaviy gastronomiya, tirik kollagen ishlab chiqarish g‘oyasi haqida ochiq va samimiy fikrlarini ulashdi.

🎥 Premyerani o'tkazib yubormang: 👉 https://youtu.be/s2ICjZZNKwQ?si=rlVnhXgfPKU78hoo

📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz!

@nmagapsuhbat

YouTube | Instagram | TikTok
  • 🔥 22
  • 👍 5
  • 🍌 3
  • 👻 1
Post #2101 9.25K
⚰ “Murdado’xtirlikni o’zim tanlaganman!”

Sud-med ekspertlari nima bilan shug’ullanishadi? ChatGPT “Zakovat”ni qiyinlashtirdimi? Yoshlar nega erta uylanmasligi kerak?

Bu safargi “NmaGap”ning yangi sonida sud-tibbiy ekspert, “Zakovat” mutlaq chempioni Bobur Yoqubov bilan ikki soatdan ortiq davom etgan ochiq va samimiy suhbatni tomosha qilasiz.

🎙 Suhbatda:
• Sud-tibbiy ekspertlar aslida nima ish qilishi;
• Murdaning qachon vafot etganini aniqlash mumkin yoki yo’qligi;
• Donorlik, avtohalokatlar va oilaviy zo‘ravonlik haqida haqiqatlar;
• “Zakovat”ga qanday kirib kelgani va uning eng og‘ir davrlari;
• Nega 800 ta savoldan atigi bittasi efirga chiqishi;
• ChatGPT intellektual o‘yinlarga qanday ta’sir qilishi haqida gaplashdik.

Bu suhbat nafaqat “Zakovat” muxlislari, balki hayot, kasb va inson psixologiyasi bilan qiziquvchilar uchun ham qiziqarli bo‘ladi.

📺 To‘liq son: 👉 https://youtu.be/uEXbDHkPYlg

📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz!

@nmagapsuhbat
  • 🔥 38
  • 👍 13
  • 👻 8
  • 🍌 1
Post #2100 9.03K
⚽️ Prezident e’tirofidagi futbolchi!

Jahon chempionatidagi ishtiroki, Portugaliya bilan tarixiy uchrashuv, bekor qilingan gollar, tanqidlar, Yevropadagi faoliyati va futbol ortidagi haqiqatlar haqida O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori ilk bor bunchalik ochiq gapirdi.

"NmaGap"ning navbatdagi mehmoni futbolchi Eldor Shomurodov. Suhbat davomida:
🔹 Nega Jaloliddin Masharipov Jahon chempionatida ishtirok etmagani;
🔹 FIFA, hakamlar va mish-mishlarga munosabat;
🔹 Futbolchilar oladigan mukofot pullari;
🔹 Yevropada o‘ynashning bosimi va tajribasi;
🔹 Futbolchi hayotining ko‘rinmaydigan tomoni haqida gaplashdik.

📹 To'liq suhbatni YouTube kanalimizda tomosha qiling: 👉 https://youtu.be/zoVsBJNnv4k/

📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz!

@nmagapsuhbat

YouTube | Instagram | TikTok
  • 🔥 34
  • 👍 12
  • 🍌 5
Post #2095 13.7K
Jamshid Muslimov tomonidan tavsiya qilingan kitoblar ro’yxati👇🏻

1. Yulo Vooglayd — Vatandoshlik dasturi
2. Jonathan Haidt — Behalovat avlod
3. Viktor Gyugo — Kulayotgan odam
4. Adeeb Khalid — O’zbekiston tavalludi
5. Nizomul mulk — Siyosatnoma

❓Qaysi kitobni o’qishni reja qilib qo’ydingiz?

📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz!


@nmagapsuhbat
  • 🔥 33
  • 👍 6
  • 👻 1
Older posts →

About this channel

How can I read @nmagapsuhbat without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for NmaGap: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does NmaGap have?
NmaGap (@nmagapsuhbat) has 9.21K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does NmaGap know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →