🏃 Sportdan tug’ilgan startup!
Intizom, chidamlilik va katta maqsadlar - bu safargi suhbat sport hamda startap olamini birlashtiradi.
“NmaGap”ning navbatdagi mehmoni - bir yil ichida 5 ta Ironman musobaqasini yakunlagan sportchi, xalqaro tajribaga ega tadbirkor va Deepen startapi asoschisi Farhod Furqatov.
18 yil xorijda yashab, AQSh startap ekotizimida tajriba orttirgan Farhod aka nima uchun O‘zbekistonga qaytdi? Sport klublaridagi oddiy daftar va Excel jadvallaridan boshlangan muammoni qanday qilib 180 dan ortiq klub foydalanadigan biznesga aylantirdi? Ironman startap qurishda qanday yordam berdi?
Suhbatda sportni biznesga aylantirish, investitsiya jalb qilish, xorijiy bozorga chiqish, 40 yoshdan keyin yugurishni boshlash va sog‘lom hayot uchun pul to‘lash madaniyati haqida gaplashdik.
📹 To’liq suhbatni ko’rish uchun: 👉 https://youtu.be/EUnQcWwhkw0
📌 NmaGap - Keling, miriqib suhbatlashamiz!
@nmagapsuhbat
Post #2113
6.82K