TGViewer
NAPP NAPP @napp_uz · 3.73K subscribers
Post #2687 1.2K

Forwarded from Rasmiy axborot

❓ Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

📌 Prezidentimizning ikki vazirlikni birlashtirishdan ko‘zlagan asosiy g‘oyasi quyidagilardan iborat:

🔷Ta’lim va ilm-fan vazirligi barcha bog‘cha, maktab, professional va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etishi va ularning operatsion jarayonlari uchun mas’ul bo‘lishi, ta’lim faoliyatiga qo‘yiladigan talablarni belgilashi, akkreditatsiyalash va litsenziyalash bilan shug‘ullanishi kerak;

🔷Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi o‘quv dasturlari, qo‘llanmalar va metodik materiallarni ishlab chiqadigan o‘ziga xos laboratoriya vazifasini bajarishi, ularni amaliyotga joriy etishi, natijalarini kuzatishi va aniqlangan kamchiliklar asosida takomillashtirib borishi kerak. Bu ishlar Prezidentimiz belgilab bergan "o‘zbek maktabi bitiruvchisining portreti"ga tayangan holda olib boriladi;

🔷Prezident Administratsiyasi va uning huzurida tashkil etiladigan alohida ishchi guruh yangi vazirlikning tuzilmasini ishlab chiqadi, ish jarayonlarini qayta ko‘rib chiqadi, ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi hamda islohotning umumiy strategiyasini belgilaydi;

🔷 oliy ta’limda davlat aralashuvini keskin qisqartirish, oliygohlar mustaqilligini kengaytirish va nodavlat sektor uchun imkoniyatlar yaratish lozim, qaysi oliygoh sifatli ta’lim berayotganini esa erkin raqobat va bozor talabi ko‘rsatishi kerak.

https://t.me/Rasmiy_axborot_official
  • ❤ 1
More from @napp_uz
  1. Oct 9, 2026🌟🌟🌟🌟🌟 #страховая_грамотность 🛡 5 фактов: 5 прав страхователя Заключая договор страхо…
  2. Oct 9, 2026🌟🌟🌟🌟🌟 #суғурта_саводхонлиги 🛡 5 та факт: суғурта қилдирувчининг 5 та ҳуқуқи Суғурта…
  3. Oct 8, 2026#ishchi_guruh 🏢QONUN LOYIHASI DEPUTATLAR TAKLIFI ASOSIDA TAKOMILLASHTIRILMOQDA Oliy Majli…
  4. Oct 8, 2026🌟🌟🌟🌟🌟 🇺🇿 #рынок_капитала #участники Участники рынка капитала Узбекистана Web | Face…
  5. Oct 8, 2026🌟🌟🌟🌟🌟 🇺🇿 #капитал_бозори #иштирокчилар Ўзбекистон капитал бозори иштирокчилари Web…
  6. Oct 7, 2026🌟🌟🌟🌟🌟 #рынок_капитала #финансовая_грамотность Диверсификация инвестиционного портфеля…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →