TGViewer
NamDTU • NamSTU • НамГТУ NamDTU • NamSTU • НамГТУ @namdtuuz · 6.04K subscribers
Post #33202 715
NAMDTU — BITIRUVCHILAR BANDLIGINI TA’MINLASHDA ENG FAOL OLIYGOH!

Namangan davlat texnika universiteti “Kelajak tadbirkori–2026” kasb ko‘rgazmasi doirasida “Bitiruvchilar bandligini ta’minlashda eng faol oliygoh” nominatsiyasi bo‘yicha e’tirof etilib, maxsus statuetka bilan taqdirlandi. Taqdirlash marosimida statuetkani “O‘zmilliybank” AJ “Kelajakka qadam” markazi direktori Elmurod Hoshimov topshirdi.

Ushbu e’tirof universitetda bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash, ularni mehnat bozori talablariga mos tayyorlash, kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning ahamiyatini ko‘rsatadi.

📊 BITIRUVCHILAR BANDLIGI — MUHIM NATIJA
2025/2026-o‘quv yilida NamDTUning 3 641 nafar bitiruvchisidan 3 323 nafari bandligi ta’minlangan. Bu jami bitiruvchilarning 91,3 foizi demakdir.

Mazkur ko‘rsatkich universitetda bitiruvchilarning kasbiy faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ularni ish beruvchilar bilan bog‘lash va bandligini ta’minlashga qaratilgan tizimli ishlar ko‘lamini ifodalaydi.

Yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida ham muhim natijalarga erishilmoqda. “Kelajakka qadam” dasturi doirasida 264 nafar talaba ushbu imkoniyatlardan foydalangan bo‘lib, ularga jami 18 milliard 398,2 million so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratilgan.
Bu imkoniyatlar talabalarning biznes g‘oyalarini rivojlantirish, o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yish va tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirishiga ko‘maklashadi.

Namangan davlat texnika universiteti uchun bitiruvchilar bandligini ta’minlash, yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularning mehnat bozorida munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashish ustuvor yo‘nalishlardan biridir.

Batafsil
👀На русском  👀In English

NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site |  Telegram |  Instagram | X
Facebook |  YouTube |  LinkedI
  • 🔥 2
  • 👏 2
  • ❤ 1
  • 🥰 1
  • 😍 1
More from @namdtuuz
  1. Oct 16, 2026Siyosiy ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi Namangan davlat texnika universiteti Transport va logi…
  2. Oct 16, 2026ONA TILIM — MILLAT SHA’NI, MILLIY G‘URUR VA ABADIY QADRIYAT! 21-oktyabr — o‘zbek tiliga da…
  3. Oct 16, 2026YASHIL TRANSFORMATSIYA VA TEXNOLOGIYA FAKULTETIDA ONA TILIGA BAG‘ISHLANGAN TADBIR Namangan…
  4. Oct 16, 2026ONA TILI — MILLIY O‘ZLIK VA DAVLATCHILIK TIMSOLI Namangan davlat texnika universiteti Axbo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →