TGViewer
NamDTU • NamSTU • НамГТУ NamDTU • NamSTU • НамГТУ @namdtuuz · 6.32K subscribers
Post #33240 820
ONA TILI — MILLIY O‘ZLIK VA DAVLATCHILIK TIMSOLI

Namangan davlat texnika universiteti Axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt fakultetida 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “O‘zbek tili — milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli” shiori ostida ommaviy diktant loyihasi o‘tkazildi.

Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ma’rufjon Kayumov, O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri Saida Abdullayeva, fakultet dekan o‘rinbosari G‘ayratali Tuxliyev, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdi.

Ommaviy diktant davomida ona tilining milliy o‘zlikni anglash, ma’naviy merosni asrash va yosh avlodning nutq madaniyatini yuksaltirishdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi. Davlat tiliga hurmat, uning sofligini saqlash hamda imlo me’yorlariga rioya etish har bir fuqaroning mas’uliyati ekani ta’kidlandi.

Loyiha talabalarning yozma savodxonligini mustahkamlash, imlo qoidalariga amal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish va o‘zbek tiliga bo‘lgan e’tiborini oshirishga qaratildi.

Ona tiliga ehtirom — milliy qadriyatlarga hurmat, davlat tiliga mas’uliyat esa yuksak fuqarolik madaniyatining ifodasidir.

NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site |  Telegram |  Instagram | X
Facebook |  YouTube |  LinkedI
More from @namdtuuz
  1. Oct 17, 2026OBOD VA OZODA MUHIT YARATISH YO‘LIDA EKOLOGIK TASHABBUS Namangan davlat texnika universite…
  2. Oct 17, 2026“QUVONCH ULASHAMIZ!” — MEHR VA EZGULIK YO‘LIDA Namangan shahridagi Yoshlar markazida Naman…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →