TGViewer
NamDTU • NamSTU • НамГТУ NamDTU • NamSTU • НамГТУ @namdtuuz · 6.31K subscribers
Post #33360 642
OBOD VA OZODA MUHIT YARATISH YO‘LIDA EKOLOGIK TASHABBUS

Namangan davlat texnika universiteti Yashil transformatsiya va iqlim o‘zgarishi kafedrasi professor-o‘qituvchilari universitet hududini obodonlashtirish va atrof-muhit musaffoligini saqlashga qaratilgan ekologik aksiyada ishtirok etdilar.

Aksiya davomida universitet hududidagi chiqindilar yig‘ilib, tozalikni saqlash va tabiatga ehtiyotkorona munosabatni targ‘ib qilishga e’tibor qaratildi.

Jarayonda Yashil transformatsiya va texnologiya fakulteti dekani Odiljon Mallaboyev hamda Yashil transformatsiya va iqlim o‘zgarishi kafedrasi mudiri Sharifjon Raxmonov boshchiligidagi kafedra professor-o‘qituvchilari qatnashdilar.

Bunday ekologik tashabbuslar universitet hududining ozodaligini ta’minlash, ekologik madaniyatni yuksaltirish va jamoada atrof-muhitga nisbatan mas’uliyatli munosabatni mustahkamlashga qaratilgan.

Toza va obod muhit — umumiy mas’uliyatimiz!

Batafsil
👀На русском  👀In English

NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site |  Telegram |  Instagram | X
Facebook |  YouTube |  LinkedI
  • 👍 1
More from @namdtuuz
  1. Oct 17, 2026“Milliy kitobxonlik harakati” — mutolaa, bilim va 50 ming dollar mukofot Yoshlar ishlari a…
  2. Oct 17, 2026“QUVONCH ULASHAMIZ!” — MEHR VA EZGULIK YO‘LIDA Namangan shahridagi Yoshlar markazida Naman…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →