YASHIL TRANSFORMATSIYA VA TEXNOLOGIYA FAKULTETIDA ONA TILIGA BAG‘ISHLANGAN TADBIR
Namangan davlat texnika universiteti Yashil transformatsiya va texnologiya fakultetida 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan iqtidorli talabalar ishtirokida “Ona tilim — millatim faxrim” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda o‘zbek tilining tarixi, boy ma’naviy merosi, milliy o‘zlikni anglash va xalqimizning madaniy qadriyatlarini saqlashdagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Iqtidorli talabalar tomonidan tayyorlangan chiqishlarda ona tilimizga hurmat, davlat tiliga e’tibor va milliy qadriyatlarga sadoqat g‘oyalari aks etdi.
Tadbir yoshlar o‘rtasida davlat tiliga hurmatni kuchaytirish, o‘zbek tilining nufuzini yuksaltirish hamda talabalarning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirishga qaratildi.
Ona tilini e’zozlash — milliy o‘zlikni asrash va kelajak avlod oldidagi mas’uliyatni anglash demakdir.
Batafsil
👀На русском 👀In English
NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site | Telegram | Instagram | X
Facebook | YouTube | LinkedI
Post #33250
750





- 🔥 3
- 👍 2
- 🏆 1