DUAL TA’LIM: NAMDTU VA ISHLAB CHIQARISH HAMKORLIGI YANGI BOSQICHDA
Namangan davlat texnika universiteti rektori Oybek Ergashev “Hydro Plast” korxonasida bo‘lib, Yashil transformatsiya va texnologiya fakultetida dual ta’limni rivojlantirish, talabalarni ishlab chiqarish jarayonlariga keng jalb etish hamda ta’lim va sanoat integratsiyasini kuchaytirish masalalarini muhokama qildi.
Uchrashuvda universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Rustamjon Soliyev, fakultet dekani Odiljon Mallabayev hamda korxona mas’ullari ishtirok etdi.
Muloqot davomida dual ta’limni samarali tashkil etish, talabalarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlash, zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish va korxona ehtiyojlariga mos malakali mutaxassislar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, korxonadagi ishlab chiqarish jarayonlari, zamonaviy texnologik uskunalar va talabalar uchun yaratilgan amaliy ta’lim sharoitlari bilan tanishildi.
Dual ta’lim — auditoriyada olingan bilimni ishlab chiqarish tajribasi bilan mustahkamlash, talabani kasbiy faoliyatga tayyorlash va ish beruvchi ehtiyojlariga mos kadrlar tayyorlashning muhim mexanizmi.
Universitet va “Hydro Plast” korxonasi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash orqali talabalarning amaliy tayyorgarligini oshirish, ta’lim mazmunini ishlab chiqarish talablari bilan uyg‘unlashtirish hamda kadrlar tayyorlash sifatini yangi bosqichga olib chiqish masalalari ustuvor vazifa sifatida belgilandi.
Batafsil
👀На русском 👀In English
NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site | Telegram | Instagram | X
Facebook | YouTube | LinkedI
Post #33282
570










- ❤ 2