ONA TILIM — MILLAT SHA’NI, MILLIY G‘URUR VA ABADIY QADRIYAT!
21-oktyabr — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Namangan davlat texnika universiteti kutubxonasi ma’muriyati hamda tyutorlar tomonidan talabalar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida o‘zbek tilining milliy o‘zligimiz, xalqimiz ma’naviyati va madaniy merosini saqlashdagi o‘rni, davlat tilining nufuzini yuksaltirish hamda ona tilimizni asrab-avaylash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Tadbir doirasida talabalar tomonidan o‘zbek tiliga bag‘ishlangan she’rlar ifodali o‘qib eshittirildi. Badiiy chiqishlarda ona tilimizning boyligi, go‘zalligi va milliy qadriyatlarimizdagi beqiyos o‘rni aks etdi.
Davra suhbati talabalarda davlat tiliga hurmatni mustahkamlash, milliy merosimizga e’tiborni oshirish hamda o‘zbek tilining ravnaqi yo‘lida mas’uliyat hissini kuchaytirishga qaratildi.
Batafsil
👀На русском 👀In English
NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site | Telegram | Instagram | X
Facebook | YouTube | LinkedI
Post #33255
568







- 👍 1