TGViewer
NamDTU • NamSTU • НамГТУ NamDTU • NamSTU • НамГТУ @namdtuuz · 6.02K subscribers
Post #33060 804
YOSHLAR GIYOHVANDLIKKA QARSHI: SOG‘LOM HAYOT — BIZNING TANLOVIMIZ!

Namangan davlat texnika universiteti Energetika muhandisligi fakultetida Yoshlar kuni doirasida “Biz talabalar giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida profilaktik tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Namangan viloyati narkologiya dispanseri mutaxassislari M.Mirzaliyeva va Sh. Ibrohimzoda, Energetika muhandisligi fakulteti dekani A.Qahhorov, dekan o’rinbosari A.Qodirov, fakultet tyutori Sh.Yusupov ishtirok etdilar.

Tadbir fakultet talabalari hamda Namangan viloyati narkologiya dispanseri mutaxassislari hamkorligida o‘tkazildi. Unda yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning oldini olish, uning inson salomatligi va kelajagiga salbiy ta’siri, sog‘lom turmush tarziga amal qilishning ahamiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Mutaxassislar tomonidan giyohvandlikning og‘ir oqibatlari, zararli odatlardan himoyalanish, muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish hamda yoshlarning o‘z salomatligi va kelajagiga mas’uliyat bilan yondashishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bunday profilaktik tadbirlar yoshlarning huquqiy va tibbiy savodxonligini oshirish, giyohvandlikka qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish hamda sog‘lom avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi.

Batafsil
👀На русском  👀In English

NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site |  Telegram |  Instagram | X
Facebook |  YouTube |  LinkedI
More from @namdtuuz
  1. Oct 15, 2026🎁“QUVONCH ULASHAMIZ” — XAYRIYA AKSIYASI! ❤️Safimizga qo‘shiling, mehr va quvonch ulashing…
  2. Oct 15, 20261️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ NAMDTU DELEGATSIYASI BMUDA: ILG‘OR TAJRIBA VA YANGI IMKONIYATLAR Namangan…
  3. Oct 15, 2026#diqqat_tanlov “O‘zbekiston-Turkiya” xalqaro qo‘shma tanlovi davom etmoqda! TUBITAK bilan…
  4. Oct 15, 2026FARZONA ABDURAHIMOVA — “LIDER QIZLAR” KLUBI SARDORI! Namangan davlat texnika universitetid…
  5. Oct 15, 2026NAMDTU TALABA-QIZLARI YETAKCHISI ANIQLANDI: MUXTASAR AYUBXANOVA — “QIZLARJON” KLUBI SARDOR…
  6. Oct 15, 2026BESH TASHABBUS OLIMPIADASI: NAMDTUDA MINI-FUTBOL BAHSLARI! Namangan davlat texnika univers…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →