BESH TASHABBUS OLIMPIADASI: NAMDTUDA MINI-FUTBOL BAHSLARI!
Namangan davlat texnika universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida fakultetlar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha universitet bosqichi musobaqalari o‘tkazilmoqda.
Musobaqada fakultetlarning talaba-yoshlari g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashib, futbol mahorati, chaqqonlik va jamoaviy hamjihatlikni namoyon etmoqda. Maydonda qizg‘in bellashuvlar, keskin vaziyatlar va murosasiz kurash hukm surmoqda.
Bunday musobaqalar talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda iqtidorli yosh futbolchilarni aniqlashga xizmat qiladi.
NamDTU — sport bilan hamnafas!
Batafsil
👀На русском 👀In English
NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site | Telegram | Instagram | X
Facebook | YouTube | LinkedI
Post #33085
1.11K










- ❤ 1