1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
NAMDTU DELEGATSIYASI BMUDA: ILG‘OR TAJRIBA VA YANGI IMKONIYATLAR
Namangan davlat texnika universiteti delegatsiyasi Baku muhandislik universitetining Muhandislik fakultetida ta’lim jarayonini tashkil etish, zamonaviy laboratoriyalar faoliyati va ilmiy-tadqiqot ishlari bilan tanishmoqda.
Fakultet dekani Asif Guliyev xalqaro hamkorlik, ilmiy yutuqlar va ta’lim jarayoniga ishlab chiqarish mutaxassislarini jalb etish tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
Fakultet texnoparkidagi 10 ta laboratoriya, Mexanika parki va Inkubatsiya markazi ta’lim, ilmiy izlanishlar hamda innovatsion loyihalar uchun muhim imkoniyatlar yaratmoqda.
Uchrashuv davomida ikki universitet o‘rtasida ilmiy hamkorlikni kengaytirish, yetakchi professorlar va mutaxassislar bilan tajriba almashish hamda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur tashrif NamDTU professor-o‘qituvchilari uchun 144 soatlik qisqa muddatli stajirovka doirasida tashkil etilmoqda.
Batafsil
👀На русском 👀In English
NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site | Telegram | Instagram | X
Facebook | YouTube | LinkedI
Post #33105
621







- 👍 2