1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
NAMDTU VA O‘SH TEXNOLOGIYA UNIVERSITETI: AKADEMIK MOBILLIK VA HAMKORLIK ISTIQBOLLARI
Namangan davlat texnika universiteti Yashil transformatsiya va texnologiya fakulteti Oziq-ovqat texnologiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda faol talabalari akademik mobillik dasturi doirasida Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh texnologiya universitetiga tashrif buyurishdi.
O‘sh texnologiya universitetining tashqi aloqalar va rivojlanish bo‘yicha prorektori Akmataliyev Asanbek Turg‘unboyevich boshchiligidagi universitet rahbariyati NamDTU delegatsiyasini samimiy kutib oldi.
Uchrashuvda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ilmiy-ta’limiy aloqalarni mustahkamlash hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tashrif davomida mezbon universitet vakillariga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Batafsil
👀На русском 👀In English
NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site | Telegram | Instagram | X
Facebook | YouTube | LinkedI
Post #33113
653










- 👍 3
- 👏 1