FARZONA ABDURAHIMOVA — “LIDER QIZLAR” KLUBI SARDORI!
Namangan davlat texnika universitetida talaba-qizlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yetakchilik salohiyatini rivojlantirish va ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan ishlar doirasida yangi sardor tayinlandi.
Yashil transformatsiya va texnologiya fakulteti, Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi ta’lim yo‘nalishi 8A-24-guruh talabasi Abdurahimova Farzona Mirzaolim qizi universitetning “Lider qizlar” klubi sardori etib tayinlandi.
Farzona talaba-qizlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni yangi g‘oyalar atrofida birlashtirish, ijtimoiy faolligini oshirish hamda universitet hayotida faol ishtirokini ta’minlashga o‘z hissasini qo‘shadi.
Farzonaga yangi mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyat, kuch-g‘ayrat va ulkan yutuqlar tilaymiz!
Batafsil
👀На русском 👀In English
NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site | Telegram | Instagram | X
Facebook | YouTube | LinkedI
Post #33096
1.51K

- 👍 4
- ❤ 3
- 🥰 2