TGViewer
NamDTU • NamSTU • НамГТУ NamDTU • NamSTU • НамГТУ @namdtuuz · 6.32K subscribers
Post #33293 950
OZODA UNIVERSITET — YUKSAK MADANIYAT VA UMUMIY MAS’ULIYAT!

“Mening ozoda universitetim — mening faxrim!”

Namangan davlat texnika universiteti Mexanika va yengil sanoat muhandisligi fakultetida yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish, universitet hududida ozodalik va tartibni mustahkamlash maqsadida umumhashar tashkil etildi.
Fakultet koordinatori Iskandar Jamolov boshchiligida shakllantirilgan volontyorlik jamoasi hashar davomida universitet hududini tozalash, atrofni obodonlashtirish va yashil hududlarni ozoda saqlash ishlarida faol qatnashdi.

Bu tashabbus — talabalarning universitet hayotiga daxldorligi, jamoaviy mas’uliyati va atrof-muhitga bo‘lgan e’tiborining amaliy ifodasidir.

Ozoda universitet — barchamizning umumiy mas’uliyatimiz! Uning har bir hududini asrab-avaylash, tozalikni saqlash va obodonlashtirish ishlarida faol bo‘lish har bir talabaning kundalik madaniyatiga aylanishi kerak.

Tozalikni saqlash — madaniyat, obodonlashtirish — mas’uliyat, universitetga mehr esa faxrdir!

Batafsil
👀На русском  👀In English

NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site |  Telegram |  Instagram | X
Facebook |  YouTube |  LinkedI
  • ❤ 3
  • 👍 3
  • ⚡ 2
More from @namdtuuz
  1. Oct 17, 2026Namangan davlat texnika universitetida Qirol Sejong markazi ochildi Namangan davlat texnik…
  2. Oct 17, 2026📣📣📣📣📣 KITOBXONLIK BILIMDONLARI BELLASHUVIGA TAYYORMISIZ? Namangan davlat texnika univ…
  3. Oct 17, 2026#Dayjest #Milliy_qadriyatlar #Milliy_libos Talabalar milliy urf-odat va qadriyatlarni targ…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →