1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
NAMDTU VA TURKIYANING BALIKESIR UNIVERSITETI: ILMIY HAMKORLIKNING YANGI YO‘NALISHLARI
Namangan davlat texnika universiteti xalqaro ilmiy-ta’limiy hamkorlik aloqalarini kengaytirish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratmoqda.
Universitetning “Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish” kafedrasi dotsenti Sherzod Djurayev hamda doktorantlar Axror Tursunov va Zohidjon Inomov Turkiya Respublikasining Balıkesir universitetida xizmat safarida bo‘lib, hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildilar.
Tashrif doirasida delegatsiya Balıkesir universiteti rektori bilan uchrashdi. Muloqot davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ilmiy-ta’limiy hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar akademik almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi.
Shuningdek, NamDTU vakillari universitet huzuridagi Teknokent faoliyati bilan tanishdilar. Innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish, startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va ilmiy g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha ilg‘or tajribalar o‘rganildi. Tomonlar kelgusida qo‘shma innovatsion loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqdilar.
Batafsil
👀На русском 👀In English
NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site | Telegram | Instagram | X
Facebook | YouTube | LinkedI
Post #33053
638






- ❤ 2