SPORT ZALLARI DOIM GAVJUM: NAMDTU TALABALARI SPORT BILAN HAMNAFAS
Namangan davlat texnika universitetining barcha talabalar turar joylarida Yoshlar kuni munosabati bilan sport musobaqalari va o‘rtoqlik uchrashuvlari qizg‘in davom etmoqda.
Sport zallarida talabalar safi uzilmaydi. Yoshlar darsdan bo‘sh vaqtlarida ham sport bilan shug‘ullanib, turli musobaqalarda faol ishtirok etmoqda. TTJlarda yaratilgan sharoitlar, muntazam tashkil etilayotgan bellashuvlar va o‘rtoqlik uchrashuvlari talabalar hayotining ajralmas qismiga aylangan.
Bugun talabalar turar joylarida sport maydonlari shunchaki mashg‘ulot joyi emas, balki do‘stlik, jamoaviylik va sog‘lom raqobat muhiti mujassam bo‘lgan maskanlardir.
NamDTUda sport — bir kunlik tadbir emas, yoshlar hayotining doimiy qismi!
Batafsil
👀На русском 👀In English
NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site | Telegram | Instagram | X
Facebook | YouTube | LinkedI
Post #33074
516









