TGViewer
NamDTU • NamSTU • НамГТУ NamDTU • NamSTU • НамГТУ @namdtuuz · 6.02K subscribers
Post #32998 909
YAPONIYADA TA’LIM, AMALIYOT VA KARYERA: NAMDTU TALABALARIGA XALQARO IMKONIYATLAR TAQDIM ETILDI

Bugun Yoshlar kuni munosabati bilan Namangan davlat texnika universiteti Arxitektura va qurilish fakultetida talabalarni Yaponiyadagi ta’lim dasturlari, haq to‘lanadigan amaliyot va ishga joylashish imkoniyatlari bilan tanishtirishga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

Unda OUKAWAY MChJ Yaponiya kompaniyasi direktori Abrorjon Madimarov, ASIBIZ MChJ rekruting kompaniyasining Markaziy Osiyo dasturi mas’ul xodimi Takai Kenta, universitetning xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Ilhomjon Abdurahmonov, fakultet dekani Zokirxon Munavvarxonov, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.

Taqdimotda Yaponiyaning nufuzli universitetlarida bakalavriat, magistratura va PhD bosqichlarida tahsil olish, xususan, MEXT davlat stipendiyasi imkoniyatlari hamda ta’lim xarajatlarini qoplash shartlari haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, Yaponiyada kasbiy faoliyat olib borishning asosiy yo‘nalishlari tanishtirildi. Jumladan, malakali mutaxassislar uchun ish imkoniyatlari, maxsus malaka dasturlari, texnik amaliyot va 4 oydan 1 yilgacha davom etadigan haq to‘lanadigan amaliyot dasturlari haqida tushuntirishlar berildi. Ishtirokchilar yapon tilini bilish darajasi, kasbiy tayyorgarlik va dasturlarda qatnashish shartlari bilan ham tanishdilar.

Taqdimotda OUKAWAY kompaniyasining O‘zbekistondagi faoliyatiga ham alohida e’tibor qaratildi. Kompaniya 2023-yildan buyon O‘zbekiston Davlat migratsiya agentligi bilan hamkorlikda kadrlarni tanlash va HR yo‘nalishida faoliyat yuritayotgani, 2025-yil avgust oyida rasmiy litsenziya olib, faoliyatini kengaytirgani qayd etildi.

Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Batafsil
👀На русском  👀In English

NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site |  Telegram |  Instagram | X
Facebook |  YouTube |  LinkedI
  • ❤ 2
  • 👍 1
  • 🔥 1
More from @namdtuuz
  1. Oct 15, 2026FARZONA ABDURAHIMOVA — “LIDER QIZLAR” KLUBI SARDORI! Namangan davlat texnika universitetid…
  2. Oct 15, 2026NAMDTU TALABA-QIZLARI YETAKCHISI ANIQLANDI: MUXTASAR AYUBXANOVA — “QIZLARJON” KLUBI SARDOR…
  3. Oct 15, 2026BESH TASHABBUS OLIMPIADASI: NAMDTUDA MINI-FUTBOL BAHSLARI! Namangan davlat texnika univers…
  4. Oct 15, 2026🎥 RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI Yoshlar kuni munosabati bilan “Kelajak tadbirkori” loyihas…
  5. Oct 15, 2026SPORT ZALLARI DOIM GAVJUM: NAMDTU TALABALARI SPORT BILAN HAMNAFAS Namangan davlat texnika…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →