TGViewer
NamDTU • NamSTU • НамГТУ NamDTU • NamSTU • НамГТУ @namdtuuz · 6.02K subscribers
Post #32972 1.01K
DUAL TA’LIM: UNIVERSITET VA ISHLAB CHIQARISH HAMKORLIGI AMALIYOTDA

Namangan davlat texnika universiteti Yashil transformatsiya va texnologiya fakultetida dual ta’lim tizimini rivojlantirish, talabalarni ishlab chiqarish jarayonlariga keng jalb etish hamda amaliy tayyorgarligini kuchaytirish maqsadida “Hydro Plast” korxonasida uchrashuv tashkil etildi.

Unda universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Rustamjon Soliyev hamda fakultet dekani Odiljon Mallabayev boshchiligidagi vakillar korxona mas’ul rahbarlari bilan dual ta’lim samaradorligini oshirish, talabalarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda ta’lim jarayonini ishlab chiqarish bilan uzviy bog‘lash masalalarini muhokama qildilar.
Tashrif davomida korxonadagi ishlab chiqarish jarayonlari, talabalar uchun yaratilgan amaliyot sharoitlari va zamonaviy texnologiyalar bilan yaqindan tanishildi.

Dual ta’lim — nazariy bilimlarni real ishlab chiqarish tajribasi bilan mustahkamlashning muhim mexanizmi. Universitet va korxona o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish orqali talabalarning kasbiy tayyorgarligini oshirish, mehnat bozori talablariga javob beradigan malakali mutaxassislarni tayyorlash ko‘zda tutilgan.

Batafsil
👀На русском  👀In English

NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site |  Telegram |  Instagram | X
Facebook |  YouTube |  LinkedI
  • 👍 2
  • ❤ 1
More from @namdtuuz
  1. Oct 15, 2026FARZONA ABDURAHIMOVA — “LIDER QIZLAR” KLUBI SARDORI! Namangan davlat texnika universitetid…
  2. Oct 15, 2026NAMDTU TALABA-QIZLARI YETAKCHISI ANIQLANDI: MUXTASAR AYUBXANOVA — “QIZLARJON” KLUBI SARDOR…
  3. Oct 15, 2026BESH TASHABBUS OLIMPIADASI: NAMDTUDA MINI-FUTBOL BAHSLARI! Namangan davlat texnika univers…
  4. Oct 15, 2026🎥 RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI Yoshlar kuni munosabati bilan “Kelajak tadbirkori” loyihas…
  5. Oct 15, 2026SPORT ZALLARI DOIM GAVJUM: NAMDTU TALABALARI SPORT BILAN HAMNAFAS Namangan davlat texnika…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →