TGViewer
NamDTU • NamSTU • НамГТУ NamDTU • NamSTU • НамГТУ @namdtuuz · 6.02K subscribers
Post #32883 870
NAMANGAN-2 SEJONG MARKAZI FAOLIYAT BOSHLADI: HAMKORLIKKA RASMIY START BERILDI

Namangan davlat texnika universitetida tashkil etilgan Namangan-2 Sejong markazining tantanali ochilish marosimi ramziy lentani qirqish bilan davom etdi. Ushbu marosim markaz faoliyatining rasman boshlanishini ifodaladi.

Shundan so‘ng, delegatsiya a’zolari markazda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. O‘quv xonalari, markaz kutubxonasi hamda ta’lim jarayoni uchun mo‘ljallangan boshqa xonalar ko‘zdan kechirildi.

Tashrifning navbatdagi qismida davra suhbati tashkil etilib, ikki tomon vakillari o‘rtasida fikr almashildi. Unda markaz faoliyatini yo‘lga qo‘yish, koreys tilini o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish va kelgusidagi hamkorlik istiqbollariga e’tibor qaratildi.

Namangan-2 Sejong markazi — koreys tilini o‘rganish, madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish va O‘zbekiston–Koreya ta’lim aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiluvchi yangi maskan.

Batafsil
👀На русском  👀In English

NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site |  Telegram |  Instagram | X
Facebook |  YouTube |  LinkedI
More from @namdtuuz
  1. Oct 15, 2026FARZONA ABDURAHIMOVA — “LIDER QIZLAR” KLUBI SARDORI! Namangan davlat texnika universitetid…
  2. Oct 15, 2026NAMDTU TALABA-QIZLARI YETAKCHISI ANIQLANDI: MUXTASAR AYUBXANOVA — “QIZLARJON” KLUBI SARDOR…
  3. Oct 15, 2026BESH TASHABBUS OLIMPIADASI: NAMDTUDA MINI-FUTBOL BAHSLARI! Namangan davlat texnika univers…
  4. Oct 15, 2026🎥 RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI Yoshlar kuni munosabati bilan “Kelajak tadbirkori” loyihas…
  5. Oct 15, 2026SPORT ZALLARI DOIM GAVJUM: NAMDTU TALABALARI SPORT BILAN HAMNAFAS Namangan davlat texnika…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →