NAMANGAN–KOREYA HAMKORLIGI YANGI BOSQICHDA: SEJONG MARKAZI OCHILDI
Namangan davlat texnika universitetida Namangan-2 Sejong markazining ochilishi ikki mamlakat o‘rtasidagi ta’lim va madaniy aloqalarni rivojlantirish yo‘lidagi muhim voqea bo‘ldi.
Tadbirda Gyeongguk milliy universiteti rektori Jeong Tae-ju markaz faoliyatining boshlanishini ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladigan muhim tashabbus sifatida e’tirof etdi. Ushbu markaz koreys tilini o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish, talabalarni Koreya ta’limi va madaniyati bilan yaqindan tanishtirish hamda kelgusida yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun zamin yaratadi.
Namangan viloyati hokimining raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sherzod Tursunov ham mazkur tashabbusning ahamiyatiga to‘xtalib, ta’lim, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida istiqbolli loyihalarni rivojlantirish imkoniyatlarini qayd etdi.
Namangan davlat texnika universiteti rektori Oybek Ergashev xalqaro aloqalarni kengaytirish, talabalar uchun yangi ta’lim imkoniyatlarini yaratish va xorijiy hamkorlar bilan amaliy loyihalarni yo‘lga qo‘yish universitet faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan ekanini ta’kidladi. Sejong markazi faoliyati ushbu maqsadlarni ro‘yobga chiqarishda muhim o‘rin tutadi.
Namangan-2 Sejong markazi direktori Oh Yumrak markaz faoliyati, uning asosiy vazifalari va koreys tilini o‘rganish istagidagi yoshlar uchun yaratiladigan imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi. Uchrashuv davomida ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirish, ta’lim sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash va kelgusida yangi loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Batafsil
👀На русском 👀In English
NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site | Telegram | Instagram | X
Facebook | YouTube | LinkedI
Post #32842
942







- ❤ 2
- 🔥 2
- 👏 2
- 🙏 1