⚡️Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti kursantlari ishtirokida 5 kilometr masofaga yugurish mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida kursantlarning jismoniy tayyorgarligi, chidamliligi, tezkorligi va irodaviy sifatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur mashg‘ulot kursantlarning sog‘lom turmush tarziga rioya qilishi, jismoniy chiniqishi hamda harbiy xizmat uchun zarur bo‘lgan jismoniy tayyorgarligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
➡️Universitet rasmiy sahifalari:
📱Telegram |📱Instagram |📱Facebook |🇺🇿 akad.uz |📱YouTube






