⚡️Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida dam olish kunini mazmunli o‘tkazish maqsadida harbiy xizmatchilar uchun turli psixologik treninglar o‘tkazildi.
Mashg‘ulotlar davomida jamoaviy hamkorlik, o‘zaro muloqot, stressni boshqarish hamda sog‘lom psixologik muhitni shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, treninglar harbiy xizmatchilarning kayfiyatini ko‘tarish, jamoada o‘zaro ishonch va birdamlikni mustahkamlash, kundalik xizmat faoliyatidagi ruhiy zo‘riqishni kamaytirishga xizmat qildi.
Mashg‘ulotlar qiziqarli va interaktiv tarzda o‘tkazilib, ishtirokchilarda ko‘tarinki kayfiyat va ijobiy taassurotlar uyg‘otdi.
➡️Universitet rasmiy sahifalari:
📱Telegram |📱Instagram |📱Facebook |🇺🇿 akad.uz |📱YouTube



