⚡️Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Quruqlikdagi qo‘shinlar institutida ham 4-kursantlar batalyoni kursantlari ishtirokida 5 kilometr masofaga kross yugurish mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida kursantlarning jismoniy tayyorgarligi, chidamliligi, tezkorligi va irodaviy sifatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur mashg‘ulot kursantlarning sog‘lom turmush tarziga rioya qilishi, jismoniy chiniqishi hamda harbiy xizmat uchun zarur bo‘lgan jismoniy tayyorgarligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
➡️Universitet rasmiy sahifalari:
📱Telegram |📱Instagram |📱Facebook |🇺🇿 akad.uz |📱YouTube



