TGViewer
Muhrim / Муҳрим Muhrim / Муҳрим @muhrim · 13.9K subscribers
Post #3462 2.55K
Saida Mirziyoyeva Turkiyada mamlakat rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashibdi, qabul uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekiston prezidentining salomini yetkazibdi.

“O‘zbekiston va Turkiyani do‘stlik hamda yaqin hamkorlik rishtalari bog‘lab turadi. Muloqot chog‘ida birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz natijalari va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash istiqbollarini muhokama qildik”, — deb yozgan Saida Mirziyoyeva Turkiya davlat rahbari bilan bo‘lgan uchrashuv haqida.

Umuman, kun davomida u Erdo‘g‘onning to‘ng‘ich o‘g‘li hamrohligida Istanbuldagi Ibn Xaldun universiteti va “Yenido‘g‘u” maktabini borib ko‘rgan, prezidentning kenja qizi va kuyovi bilan birga Bayraktar dronlarini ishlab chiqadigan “Baykar” kompaniyasida bo‘lgan.

Ular Saida Mirziyoyevaga Turkiyaning birinchi uchuvchisiz qiruvchi samolyoti — Bayraktar Kizilelma maketini sovg‘a qilishibdi. Ajab emas, biz ham ushbu yangi va yuksak texnologiyaning asosiy xaridorlaridan biri bo‘lsak. Har qalay, harbiy havo kuchlarimizni mutassil yangilayapmiz.
More from @muhrim
  1. Oct 15, 2026Муҳримнинг гапларига қўшиламан ва имзо чекаман. Саидқаҳҳор Холхўжаев Чилонзор тумани ҳоким…
  2. Oct 15, 2026Shu suratda qo‘li ko‘ksida turgan yangi hokimning orqa tarafida o‘tirgan kishi — Saidqahho…
  3. Oct 13, 2026Technovation degan xalqaro konferensiya bor. Unga avvallari Ostona, Abu-Dabi, Keyptaun, St…
  4. Oct 6, 2026Menimcha, davlatimiz o‘zbekistonliklarning Rossiya–Ukraina urushida qatnashishining oldini…
  5. Oct 5, 2026Yer mehnatni qadrlaydi, bilim bilan qilingan mehnatni esa yanada ko‘proq taqdirlaydi “Yern…
  6. Oct 2, 2026Saida Mirziyoyeva sentyabrda, asosan BMT tadbirlarida ishtirok etish uchun Nyu-Yorkka borg…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →