TGViewer
Muhrim / Муҳрим Muhrim / Муҳрим @muhrim · 13.9K subscribers
Post #3451 5.45K
Menimcha, davlatimiz o‘zbekistonliklarning Rossiya–Ukraina urushida qatnashishining oldini olish bo‘yicha yetarlicha ish olib bormayapti. Hatto “urushga bormang!” degan aksiltarg‘ibot ham yetarli darajada tashkil etilmayapti.

Lekin Rossiya o‘zbekistonliklarni bu urush domiga tortish uchun o‘zi allaqachon yollagan o‘zbeklarning so‘zi bilan, o‘zbeklarning qo‘li bilan juda faol tashviqot olib bormoqda. Ular o‘zbek tilida, diniy mavzularni qo‘shib, jazavani qo‘zg‘aydigan nuqtalarga tegib (masalan, “biz besoqolbozlarga qarshi jang qilyapmiz”, degandek), urushga qo‘shilishga da’vat qilyapti.

Mana shu o‘zbekzabon targ‘ibotchilarga nisbatan jinoyat ishlarining qo‘zg‘atilishi va Rossiyadan ularni O‘zbekistonga jinoyatchi sifatida topshirilishini talab etilishi — bir o‘rinli aksiltarg‘ibot (ular Rossiya armiyasiga qo‘shilib, Rossiya fuqaroligini olgan bo‘lsa, bu O‘zbekiston fuqaroligini yo‘qotishga asos bo‘ladi — qonunda bor shu normani ham ochiq-oshkora qo‘llash, ko‘rsatish zarur); xuddi pandemiya davridagi “Uyda qoling! Niqob taqing!” degan tashviqotga o‘xshatib, tinimsiz, har kuni: “Urushga borma, borsang — O‘zbekiston uchun jinoyatchisan” degan ogohlantirishning kerak bo‘lsa har dazmoldan jaranglab turishi — hozir juda kerakli aksiltarg‘ibot.

Urushda qatnashishga qarshi yana bir zo‘r va arzon aksiltarg‘ibot — bu yollaganlik, yollanganlik va urushda qatnashganlik uchun ko‘zda tutilgan jazolarning qat’iyligi va muqarrarligini ta’minlash. Menimcha, bu masalada jinoyatchilar qonunda belgilangan jazoni to‘liq hajmda olishi shart. Jazo muqarrarligi — har qanday jinoyatga qarshi eng yaxshi chora.

Qo‘shimchasiga, yollaganlik, yollanganlik, urushda qatnashganlik uchun ko‘zda tutilgan jazolarni yanada og‘irlashtirish kerak. O‘zbekistonda istalgan jazoni zudlik bilan, bir haftaga qolmay kuchaytirish mumkinligini Namangandagi 5 yoshli qizaloq voqeasidan keyin hamma ko‘rdi. Agar bu chora vatandoshlarimizning urushga yollanishini kamaytirib, ularning hayotini saqlab qolishga yordam bersa, bu safar ham shunday tezkorlik zarur.

Yana o‘nlab, yuzlab, minglab vatandoshlarimiz tarixda qonxo‘r va bosqinchi nomi bilan qoladigan Putinning tor manfaatlari yo‘lida o‘lib ketmasligi uchun ham davlatimiz qila oladigan eng kichik ishlar bu aslida.
Daryo “64 nafar o‘zbekistonlikdan faqat uch kishi tirik qoldik”. Rossiya armiyasiga yollangan qashqadaryolik erkakning ozodligi cheklandi… Rossiyada psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyati uchun 7 yilga qamalgan erkak koloniyadagi tazyiqlardan so‘ng urushga borish uchun shartnoma imzolagan. 30…
More from @muhrim
  1. Oct 15, 2026Saida Mirziyoyeva Turkiyada mamlakat rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashibdi, qab…
  2. Oct 15, 2026Муҳримнинг гапларига қўшиламан ва имзо чекаман. Саидқаҳҳор Холхўжаев Чилонзор тумани ҳоким…
  3. Oct 15, 2026Shu suratda qo‘li ko‘ksida turgan yangi hokimning orqa tarafida o‘tirgan kishi — Saidqahho…
  4. Oct 13, 2026Technovation degan xalqaro konferensiya bor. Unga avvallari Ostona, Abu-Dabi, Keyptaun, St…
  5. Oct 5, 2026Yer mehnatni qadrlaydi, bilim bilan qilingan mehnatni esa yanada ko‘proq taqdirlaydi “Yern…
  6. Oct 2, 2026Saida Mirziyoyeva sentyabrda, asosan BMT tadbirlarida ishtirok etish uchun Nyu-Yorkka borg…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →