Kentavr va teskari kentavrlarYaqinda Abror yuborib qolgan
postni o‘qib qoldim — u yerda muallif sun’iy intellektning hozirgi rolini tanqid qilib, u bizni teskari kentavrga aylantirayotganini tushuntirgan. Uning nazarida kentavr — qaysidir uskuna/qurilma yordamida o‘z ishini osonlashtiruvchi ishchidir, masalan, kod yozganda bir-ikkita so‘zlarni oxirigacha to‘ldirib beruvchi (autocomplete) funksiya bizni qaysidir ma’noda kentavr qiladi. Ya’ni yarmi maxluq (uskuna va avtomatizatsiya), yarmi odam (biz) ishchi.
SI kelishi bilan dasturchilar teskari kentavr bo‘ldi. Ular endi eng mashaqqatli ishini SI’ga topshirdi, qiyin bug va jumboqlarni yechish bot tomonidan bajarilyapti, lekin eng zerikarli, asabbuzar kodni tekshirish vazifasi esa odam zimmasida (code review). Bu holatda dasturchi boshi otnikiday, oyog‘i odamdek jonzot bo‘ladi-yu qoladi. SI xato qilsa, u endi uning xatosini topib, uni yanada kuchaytiradi; ish beruvchiga esa biz kerakmiz — axir ertaga dasturda xato topilsa kimdir aybdor bo‘lishi kerak-ku (accountability sink).
To‘g‘ri, SI kelib juda ko‘p zerikarli ishlar muammo bo‘lmay qoldi, masalan hujjat tayyorlash, kodni hujjatlashtirish, kundalik ishlar ketdi. Lekin korporatsiya va kattakonlarga bu qiziqmas, ular karrasiga boyishi uchun shu dasturchilar oldin oladigan pulini deyarli 100% olishi kerak, keyin esa butun ijod ahli topadigan maoshini olib qo‘yishi kerak — bu 10 trillion dollardan oshiq bozor demak.
Qissadan hissa esa shuki, SI bizning ishimizni 100% bajaryapti, biz endi kerakmasmiz degan fikrlarga aldanib qolmaslikdir. Sifatsiz narsani sifatsiz deyish (slop), ommani, yaqin-atrofimizdagi insonlarga nima ijod mahsuli, nima andoza bilan qilingan didsiz narsa deb tushuntirish. Bu ayniqsa SI bilan sayt qiladiganlarga, SI bilan bema’ni narsalar chiqaradigan insonlarga taaluqli. Kompaniyalar to‘liq SI bilan ishini bitirib, o‘sha eski yoki undan ham ko‘p pul topmasagina ularning esi kiradi.