Ko‘p tush ko‘rishni boshladim. Biri biridan qiziq tushlar. O‘ylab qoldim, mindey bir ilova qilib shu tushlarimni yozib yursam, ong ostimni yaxshiroq tushunishni boshlasam. Keyin bir miyamga buni AppStore/PlayMarket joylab startap qilish keldi.
Research qilyapman. Bitta ilova chiqdi, ishlatib ko‘rdim, bo‘ladi, lekin pulli va qimmat. Boshqalari bormikin deb qarasam, har xil ilovalar buloqdan qaynab chiqqandek paydo bo‘lyapti — DreamAI, Lucid Dreams va hkz. Son-sanoqsiz.
Ha, do‘stlar, shuncha ishlab o‘rganib oxiri kunimiz distribution’ga qoldi. Kim shuni eplasa, o‘sha yutadigan zamon. Oldin ham shunday bo‘lgandir, lekin hozir bu eng muhim bo‘lib qoldi. Oldin himoya sifatida dasturchilar salohiyati, tajriba bo‘lardi. Hozir esa bari qo‘pol qilib aytganda kimda marketing‘ga ko‘proq pul bor / yo‘q bo‘lib qoldi.
Ust-boshi chiroyli yasalgan ilova ham oldin sifat haqida birlamchi taassurot berardi. Hozir-chi? Har ilova bir-biridan go‘zal, animatsiyalarga to‘la ilovalar. B2C juda shafqatsiz bo‘lib ketgandek go‘yo.
Post #913
1.3K
- 💯 15
- ❤ 3
- 🔥 2