TGViewer
Muhammadsaid - Blog Muhammadsaid - Blog @muhammadsaid_dev · 1.76K subscribers
Post #911 1.66K
Yozuv tizimlari haqida

Lotin, kirill, arab yozuvlari o‘zi asli misr iyerogliflaridan kelib chiqqanini bilarmidingiz? Misrlik ziyolilar yozish va o‘qish faqat zodagonlarga mos narsa deb o‘ylagan. Ularning "harflar"ida o‘ziga xos ilohiy ma’nolar bo‘lgan, bu xudolar bilan muloqot vositasi bo‘lgan. Bu tizim shunaqa qiyin bo‘lganki, unda 1000 dan ortiq belgi, chapdan o‘ngga, o‘ngdan chapga yoza olish imkoni ham bo‘lgan. Xullas, o‘zlariga yoqqan yozuv tizimi bo‘lgan, shuncha iyeroglif bilish ziyolilarga mos bo‘lgan.

Misrda o‘sha payt ishchi va qul bo‘lgan somiylar bu yozuvlarni tabiiyki tushunmagan. Ular o‘zining ismi yoki duolarini qayergadir yozgisi kelgan. Shu sabab ular misrliklardan 20-25 tacha iyeroglifni olib, o‘z tilidagi har bir tovushga bittadan iyeroglifni tanlagan. Natijada 𓃾 (ho‘kiz boshi) bir kunda A harfiga aylangan. "Baliq" esa D harfiga aylangan. M harfi esa suv va to‘lqinni bildiradigan iyeroglifdan olingan. Keyinchalik bu yangi topilma somiylardan Yaqin Sharqdagi savdogarlarga va oddiy xalqqa tarqagan.

Misrliklar alifboni ixtiro qilmaganining sababi ba’zan yirik va muvaffaqiyatli korporatsiyalarning navbatdagi inqilobiy texnologiyani yarata olmasligi bilan bir xil: ular tizimni o‘zgartirish oqibatida yo‘qotadigan narsalari juda ko‘p bo‘ladi.

Ayrim masalalarda chetdan qarab yondashish juda qiziq ixtirolarga olib keladi. Kambag‘al somiy ishchilarning na boyligi, na mavqeyi, na himoya qilishga arzigulik muqaddas an’analari bo‘lgan. Ularga shunchaki tez va oson ishlaydigan bir vosita kerak edi — shu tariqa ular tasodifan insoniyat tarixidagi eng qudratli intellektual qurolni yaratib qo‘yganlar.

Shunday ekan, startap qilishdan to‘xtamanglar!


Rasm shu yerdan olindi
  • 🔥 12
  • 👍 4
  • ❤ 3
  • 💯 1
More from @muhammadsaid_dev
  1. Sep 27, 2026https://x.com/rektober/status/2104019261588902230?s=46
  2. Sep 26, 2026Bitta boost qilib yuboraylik https://t.me/boost/tahrirchi_uz
  3. Sep 25, 2026Muhammadsaid sizga So‘ztop yashirdi! 6 ta harfli so‘zni 6 ta urinishda toping. 🟩🟩🟩🟩🟩�…
  4. Sep 24, 2026Starting from tomorrow, during only few days you have chance to win 🏆 Apply
  5. Sep 22, 2026Yandex Startup Party
  6. Sep 22, 2026Post #970
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →