Boshlanishida oddiy narsa bo‘lib ko‘ringandi, keyin qarasam, o‘zbek tilida beshta harfli so‘zlar juda ko‘p ekan.
Oddiy o‘zakli so‘zlardan (jahon, bisot) tashqari boshqa so‘zlar ham chiqarkan.
Tuslanish hodisasi so‘zlarni ko‘paytirvoradi. Masalan, ikki harfli ot olib, -lar qo‘shib beshta harfli so‘z yasay olasiz (uy+lar, et+lar) yoki bo‘lmasam fe’lga -ar qo‘shib, kelasi zamon shaklini yasasa bo‘ladi (turar, ketar, borar). Shu sabab faqatgina lug‘aviy shakllarni olishga qaror qildik.
Bundan tashqari, semiz harflar muammosi ham paydo bo‘ldi. SH, CH, O‘ va G‘ harflari miyamizda bitta harf, lekin ikkita belgi bilan yoziladi, buni hozir alohida harf qilsak, noaniqlik bo‘lardi. Shunga to‘rttalovini ham bitta harf qildik, aslida ham shunaqa o‘zi.
Shunday qilib, So‘ztop o‘yinida endi 5000 tacha beshta harfli so‘z bor. Bu degani 10-15 yil har kuni bitta yangi so‘zdan jumboq yasay olamiz!
Nega bu o‘yinlarni o‘zi qildik, shuncha xatolik va kamchilik turganda degan o‘rinli savol berishingiz mumkin. Lekin o‘zbek tilida so‘z o‘yinlari ko‘pi nazarimizda ommabop emas, NYT Games kabi ommabop bo‘lsa, odamlar o‘ynasa, balki odamlar o‘zbek tiliga qiziqishni, yangi so‘zlarni o‘rganishni boshlar.
Post #923
2.84K
Muhammadsaid - Blog Tilmochga so‘z jumboqlarini qo‘shgandim, bir o‘ynab ko‘ringlar-chi: So‘ztop №18 4/6 ⬜️🟨🟨⬜️⬜️ 🟨⬜️⬜️⬜️⬜️ ⬜️🟨⬜️⬜️🟩 🟩🟩🟩🟩🟩 tilmoch.ai/games
- 🔥 13
- ❤ 6
- 💯 5