🎓 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni
Hurmatli o‘qituvchi va murabbiylar!
Sizlarni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!
Bugun mamlakatimizda ta’lim sohasini rivojlantirish, yosh avlodga sifatli bilim berish va ular uchun zamonaviy imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz tashabbuslari va ta’lim sohasiga yuksak e’tibori natijasida yoshlarning bilim olishi, zamonaviy kasb va ko‘nikmalarni egallashi, raqamli texnologiyalardan samarali foydalanishi uchun yangi imkoniyatlar kengayib bormoqda.
Ayniqsa, axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, dasturlash, kiberxavfsizlik va boshqa zamonaviy yo‘nalishlarga bo‘lgan e’tibor ortib, bu sohalarda malakali mutaxassislarga bo‘lgan talab ham tobora oshib bormoqda. Bu jarayonda yoshlarga nafaqat chuqur bilim, balki zamonaviy kasblarni egallashga yo‘l ko‘rsatib, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarishda o‘qituvchi va murabbiylarning o‘rni beqiyosdir.
Zero, har qanday islohot va taraqqiyotning poydevori — bilimli, salohiyatli va zamonaviy fikrlaydigan avloddir. Ana shunday avlodni tarbiyalashdek sharafli va mas’uliyatli vazifani sidqidildan ado etayotgan barcha ustoz va murabbiylarga chuqur minnatdorlik bildiramiz.
Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar va shogirdlaringiz yutuqlaridan doimo faxrlanib yurish baxtini tilaymiz.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Post #25078
2.2K
