🇺🇿🇹🇯 O‘zbekiston va Tojikiston IT Parklari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
🆙Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Jamol Maxsudov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Tojikistonga xizmat safari doirasida IT-Park Dushanbe faoliyati bilan tanishdi.
⏩Tashrif davomida delegatsiyaga IT-Park Dushanbe’ning faoliyati, rezidentlar uchun yaratilgan imtiyoz va shart-sharoitlar, shuningdek, IT Park Uzbekistan bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik aloqalari va ularni yanada rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/226597
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Post #25067
1.59K


