TGViewer
Digital.uz Digital.uz @mitcuz · 13K subscribers
Post #25070 1.65K
✅ MDH mintaqasida raqamli transformatsiya: imkoniyat va istiqbollar muhokama qilindi

🎤Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Jamol Maxsudov boshchiligidagi delegatsiya Tojikistonga xizmat safari doirasida Xalqaro elektr aloqasi ittifoqining MDH mintaqasi bo‘yicha Taraqqiyot masalalari mintaqaviy forumida ishtirok etdi.

🔰 Joriy yilgi forum inklyuziv va barqaror raqamli kelajakni ta’minlash, barcha uchun universal, ahamiyatli va hamyonbop aloqa imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga bag‘ishlandi.

🗺Forum doirasida “Raqamli rivojlanish holati va tendensiyalari: muammolar va imkoniyatlar” mavzusida panel sessiyasi ham tashkil etildi.

💡Unda Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Jamol Maxsudov mamlakatda “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida raqamli infratuzilmani rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarini kengaytirish, inson kapitalini yuksaltirish hamda zamonaviy texnologik yechimlarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/226667

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
More from @mitcuz
  1. Sep 30, 2026Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik — Поздравление учителям и наставникам Узбе…
  2. Sep 30, 2026🇺🇿🇹🇯 O‘zbekiston va Tojikiston IT Parklari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish masala…
  3. Sep 30, 2026😉“TECHNOWOMEN”: xotin-qizlar uchun texnologiya va eksport imkoniyatlari bir maydonda ➡️Qo…
  4. Sep 30, 2026Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ham fan olimpiadalari yo‘lga qo‘yiladi. Kelasi yildan…
  5. Sep 30, 2026Ta’lim islohotlarining natijalari xalqaro baholash va o‘quvchilar yutuqlarida ham ko‘rinay…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →