TGViewer
Digital.uz Digital.uz @mitcuz · 13K subscribers
Post #25058 1.56K
Ta’lim islohotlarining natijalari xalqaro baholash va o‘quvchilar yutuqlarida ham ko‘rinayotgani aytildi. “MELQO” tadqiqotida maktabgacha ta’lim tizimi yuqori baholandi. PISA reytingida 15 yoshli o‘quvchilar tabiiy fanlar bo‘yicha 32 pog‘ona yuqorilab, dunyoda 48-o‘rinni egalladi.

Joriy yilning o‘zida iste’dodli yoshlar nufuzli olimpiadalarda 228 ta medal – 38 ta oltin, 82 ta kumush va 108 ta bronzani qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston ilk bor mezbonlik qilgan xalqaro kimyo va informatika olimpiadalarida o‘quvchilarimiz yana 8 ta medalga sazovor bo‘ldi.

Maktab paytidayoq xorijiy til va fan sertifikatiga ega bo‘lgan o‘quvchilar soni 100 mingga yetdi. Ushbu ko‘rsatkich 2,5 barobar ko‘paygan. Bu yil qariyb 5 ming bitiruvchi oliygohga kirishda eng yuqori ballni to‘pladi.

Prezidentimiz mazkur natijalarni ustozlar mehnati, yangilangan ta’lim mazmuni va yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar bilan bog‘ladi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
More from @mitcuz
  1. Sep 30, 2026Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik — Поздравление учителям и наставникам Узбе…
  2. Sep 30, 2026✅ MDH mintaqasida raqamli transformatsiya: imkoniyat va istiqbollar muhokama qilindi 🎤Raq…
  3. Sep 30, 2026🇺🇿🇹🇯 O‘zbekiston va Tojikiston IT Parklari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish masala…
  4. Sep 30, 2026😉“TECHNOWOMEN”: xotin-qizlar uchun texnologiya va eksport imkoniyatlari bir maydonda ➡️Qo…
  5. Sep 30, 2026Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ham fan olimpiadalari yo‘lga qo‘yiladi. Kelasi yildan…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →