TGViewer
Digital.uz Digital.uz @mitcuz · 13K subscribers
Post #25043 1.55K
📌Yuta universiteti bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

🎤 AQShning Yuta universiteti delegatsiyasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga tashrif buyurdi. Dastlab, delegatsiyasi uchun IT Park faoliyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi. Unda O‘zbekistonda AT sanoatini rivojlantirish, mahalliy va xorijiy texnologik kompaniyalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, startap ekotizimini shakllantirish hamda AT xizmatlari eksportini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

⏩Shuningdek, delegatsiya UZINFOCOM faoliyati bilan tanishdi. Tashrif davomida raqamli hukumat infratuzilmasini rivojlantirish, davlat xizmatlarini raqamlashtirish, zamonaviy axborot tizimlari va raqamli platformalarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar taqdim etildi.

Shundan so‘ng Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov AQShning Yuta universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🟢Muloqotda O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, AT va sun’iy intellekt sohalari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash, universitetlar va texnologik kompaniyalar o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

💬 Uchrashuvda O‘zbekistonning yosh va o‘sib borayotgan aholisi, mamlakatda AT sohasiga yaratilayotgan imkoniyatlar hamda texnologik tadbirkorlik ekotizimining jadal rivojlanayotgani ta’kidlandi. Ayni paytda AT sohasida faoliyat yuritayotgan kompaniyalar soni ortib borayotgani yuqori malakali mutaxassislarga bo‘lgan talabni ham oshirayotgani qayd etildi.


Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/226044
_______

📌 Prospects for Cooperation with the University of Utah Discussed

🎤 A delegation from the University of Utah (USA) visited the Ministry of Digital Technologies. The delegation was first given a presentation on the activities of IT Park, covering the development of the IT industry in Uzbekistan, opportunities being created for local and foreign technology companies, the formation of the startup ecosystem, and efforts to expand the export of IT services.

⏩The delegation also familiarized itself with the operations of UZINFOCOM. During the visit, they were presented with projects related to developing digital government infrastructure, digitalizing public services, and implementing modern information systems and digital platforms.

Following this, Minister of Digital Technologies Sherzod Shermatov held a meeting with the delegation from the University of Utah.

🟢The discussion addressed developing Uzbekistan's digital economy, training highly qualified specialists for the IT and artificial intelligence sectors, and expanding cooperation between universities and technology companies.

💬 The meeting highlighted Uzbekistan's young and growing population, the opportunities being created in the country's IT sector, and the rapid development of the technology entrepreneurship ecosystem. It was noted that the growing number of companies operating in the IT sector is, in turn, increasing demand for highly qualified specialists.


In detail: 👉 https://digital.uz/en/news/view/226044

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
More from @mitcuz
  1. Sep 29, 2026🟪 Group-IB bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi ✅Raqamli texnologiyalar vaziri b…
  2. Sep 29, 2026💳 my.gov.uz’da yangi imkoniyat: bank kartalaringiz haqidagi ma’lumotlarni bir joyda ko‘ri…
  3. Sep 28, 2026"Uzbekistan's IT Drivers" ruknining navbatdagi qahramoni — TheCarGo asoschisi Ziyobek Turd…
  4. Sep 28, 2026🔖Jizzaxda fuqarolar va tadbirkorlar uchun sayyor qabul tashkil etildi ▶️Jizzax viloyati B…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →