TGViewer
Digital.uz Digital.uz @mitcuz · 13K subscribers
Post #25032 1.37K
"Uzbekistan's IT Drivers" ruknining navbatdagi qahramoni — TheCarGo asoschisi Ziyobek Turdiyev

Bugun o'zbekistonlik jamoalar mahsulotini faqat ichki bozor uchun emas, xalqaro mijozlar uchun ham yaratmoqda. Ba'zan esa g'oya murakkab tadqiqotdan emas, o'z ishidagi oddiy bir muammodan tug'iladi. Navbatdagi ruknimiz ana shunday yo'lni bosib o'tgan mutaxassis — Ziyobek Turdiyevga bag'ishlanadi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi xalqaro bozorga chiqayotgan o'zbekistonlik startaplarni va yosh tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratmoqda.

Ziyobekning yo'li alohida e'tiborga loyiq: u logistika sohasini ichidan o'rgangan, o'z brokerlik kompaniyasidagi muammoni hal qilish uchun dastur yozgan va o'sha dastur bugun AQShdagi kompaniyalar foydalanadigan mahsulotga aylangan.

Uning bir fikri ayniqsa muhim: muammoni aniq bilmasdan turib, unga to'g'ri yechim taklif qilib bo'lmaydi.

Qahramonimizning kasbiy yo'li, loyihasi va yutuqlari bilan karusel orqali batafsil tanishing.

Siz ham "Uzbekistan's IT Drivers" ruknida ishtirok etishni istasangiz yoki shunday mutaxassislarni tanisangiz, quyidagi manzilga murojaat qiling: o.raximova@it-park.uz

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
More from @mitcuz
  1. Sep 28, 2026🔖Jizzaxda fuqarolar va tadbirkorlar uchun sayyor qabul tashkil etildi ▶️Jizzax viloyati B…
  2. Sep 28, 2026⏩“Milliy qadriyatlarga asoslangan davlat xizmati” loyihasi doirasida seminar-trening o‘tka…
  3. Sep 28, 2026🌎 Plug and Playning Buxorodagi xalqaro inkubatsiya dasturiga qabul boshlandi! Plug and Pl…
  4. Sep 28, 2026📌UN Women bilan raqamli texnologiyalar sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi 🔠…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →