🟧 Endilikda my.gov.uz portalidagi “Bank kartalari” bo‘limi orqali o‘z nomingizga rasmiylashtirilgan faol bank plastik kartalari haqida ma’lumot olishingiz mumkin.
Bo‘lim orqali:
➡️ O‘zbekiston tijorat banklari tomonidan nomingizga ochilgan faol plastik kartalarni;
➡️ bank ilovalari orqali masofadan ochilgan virtual kartalarni ko‘rishingiz mumkin.
➡️ Xizmatdan foydalanish uchun my.gov.uz portaliga kirib, “Bank kartalari” bo‘limini tanlash kifoya.
❗️ Eslatma: Hozirda ushbu imkoniyat test sinov rejimida ishlamoqda va faqat O‘zbekiston hududida faoliyat yurituvchi tijorat banklari kartalarini aks ettiradi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
