🇺🇿 🇧🇾 Belarus elchisi bilan raqamli texnologiyalar sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
🆙 Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Belarus Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Aleksandr Ogorodnikov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🆙Uchrashuvdan avval Belarus delegatsiyasi uchun IT Park Uzbekistan faoliyatiga bag‘ishlangan taqdimot tashkil etildi. Unda O‘zbekistonda AT-ekotizimni rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, AT-kompaniyalar uchun yaratilgan imkoniyatlar va soliq imtiyozlari hamda eksport salohiyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
🗺 Shundan so‘ng delegatsiya UZINFOCOM faoliyati bilan tanishtirildi. Tashrif davomida raqamli hukumat yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, davlat xizmatlarini raqamlashtirish, aholi va tadbirkorlik sub’ektlari uchun qulay raqamli yechimlarni joriy etish tajribasi haqida taqdimot o‘tkazildi.
⛓Uchrashuvda O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida raqamli texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, AT-xizmatlar eksportini oshirish, o‘zaro tajriba almashish hamda ikki mamlakat kompaniyalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/224653
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Post #24967
1.56K






