✨ “ICT Week Uzbekistan 2026” AKT haftaligi doirasida GAP | Women IT Club loyihalariga bag‘ishlangan “GAP bilan yangi imkoniyatlar sari” seminari bo‘lib o‘tdi. Unda 50 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi.
✅ Ushbu hamjamiyat Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda ta’lim, karyera, tadbirkorlik, yetakchilik va mentorlik yo‘nalishlarida 10 dan ortiq loyiha va tashabbusni amalga oshirmoqda.
📊 Seminar davomida xotin-qizlarni AT va raqamli texnologiyalar sohasiga jalb qilish, ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kasbiy o‘sishi va bandligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslar taqdim etildi.
Ma’lumot uchun: 2022-yildan buyon 40 ga yaqin tadbir orqali 10 mingdan ziyod xotin-qiz qamrab olindi, hududlarda esa raqamli savodxonlikka oid tadbirlarda 2 mingdan ortiq ayol ishtirok etdi. AT sohasidagi xotin-qizlar uchun ilk milliy mukofot – “Yulduz Tech Awards” bilan jami 39 nafar xotin-qiz taqdirlangan bo‘lsa, “IT Drivers of Uzbekistan” loyihasidagi “12 ta muvaffaqiyat” hikoyasi ijtimoiy tarmoqlarda 50 mingga yaqin ko‘rilgan.
📱 Shuningdek, Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi hamkorligida tashkil etilgan axborot burchagida my.gov.uz portali bo‘yicha statistik ma’lumotlar taqdim etildi.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X




