TGViewer
Digital.uz Digital.uz @mitcuz · 13K subscribers
Post #24963 1.11K
🌍Startup Genome bilan O‘zbekistonda startap ekotizimini global miqyosda rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Ayubxon Sultonov va Startup Genome asoschisi JF Gotiye o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🧠 Uchrashuv davomida O‘zbekistonning Global Startup Ecosystem Report va boshqa xalqaro startap reytinglaridagi pozitsiyasini mustahkamlash, xorijiy investorlar uchun ekotizim haqidagi ma’lumotlarning ochiqligini oshirish va mamlakatning xalqaro startap maydonidagi tan olinishini kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildi.

📊 Startup Genome San Fransiskoda joylashgan startap ekotizimlarini tadqiq qilish va rivojlantirishga ixtisoslashgan xalqaro tashkilot bo‘lib, 350 dan ortiq ekotizim va 5,5 milliondan ziyod startap haqidagi ma’lumotlarni tahlil qiladi. Tashkilot 65 dan ortiq mamlakatda davlat idoralari va innovatsion institutlarga strategik maslahat xizmatlarini ko‘rsatib keladi. Uning asosiy tadqiqotlaridan biri har yili e’lon qilinadigan Global Startup Ecosystem Report (GSER) hisoblanadi.


🤝 Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston startap ekotizimining kompleks tahlilini davom ettirish, xalqaro benchmarking asosida rivojlanish ko‘rsatkichlarini takomillashtirish hamda Startup Genome’ning global tadqiqot va reyting platformalarida O‘zbekistonning pozitsiyasini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shma ishlarni davom ettirishga kelishib oldi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
More from @mitcuz
  1. Sep 25, 2026🇺🇿 🇧🇾 Belarus elchisi bilan raqamli texnologiyalar sohasidagi hamkorlik istiqbollari m…
  2. Sep 25, 2026✨ “ICT Week Uzbekistan 2026” doirasidagi “Raqamli davlat: yagona yondashuv, zamonaviy bosh…
  3. Sep 25, 2026📌 “Women Shaping the Startup Ecosystem” forumi: qiyinchiliklardan natijaga ✨ 24-sentabr k…
  4. Sep 25, 2026🛰O‘zbekiston va APT Satellite sun’iy yo‘ldosh aloqasi sohasida hamkorlik to‘g‘risida keli…
  5. Sep 25, 2026Live stream finished (8 hours)
  6. Sep 25, 2026🖥ICT WEEK: Raqamli davlatni rivojlantirishning yangi bosqichi muhokama qilindi ✨ ICT WEEK…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →