TGViewer
Digital.uz Digital.uz @mitcuz · 13.2K subscribers
Post #24106 31.4K
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Tarix yozildi: O‘zbekiston milliy jamoasi 38-Xalqaro informatika olimpiadasida 4 ta medalni qo‘lga kiritdi!

🏆 Toshkentda o‘tkazilgan 38-Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI 2026) bahslari O‘zbekiston uchun tarixiy natija bilan yakunlandi. Milliy terma jamoamiz tarixida ilk bor barcha 4 nafar aʼzosi sovrinli o‘rinlarni egalladi. Yigitlarimiz 1 ta kumush va 3 ta bronza medali sohibiga aylandi.

⬇️Sovrindorlarimiz bilan tanishing:
🥈Jahonali Xaydaraliyev, Muhammad al-Xorazmiy maktabi, 9-sinf — kumush medal;

🥉Timur Kadirbergenov, Nukus Prezident maktabi, 11-sinf — bronza medal;

🥉Ulugʻbek Rakhmatullaev, Namangan Prezident maktabi, 11-sinf — bronza medal;

🥉Jahongirshoh Avazxonov, Namangan Prezident maktabi, 10-sinf — bronza medal.


📌Shuningdek, Sardorbek Salimov — Navoiy shahri, Prezident maktabi o‘quvchisi “Faxriy e’tirof” sovriniga ega bo‘ldi.

✅Mazkur tarixiy natija yoshlarimizning yillar davomida olib borgan izchil tayyorgarligi, ustozlarning fidokorona mehnati hamda mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan raqamli taʼlim islohotlarining amaliy samarasidir.

✅O‘zbekiston yoshlari dunyoning eng kuchli yosh dasturchilari qatorida munosib natija qayd etgani kelgusida xalqaro maydonlarda yanada yuksak marralarni zabt etish uchun mustahkam zamin hamda minglab yoshlarimiz uchun katta motivatsiya bo‘lib xizmat qiladi.

🎉Yigitlarimizni, ularning ustozlari va ota-onalarini ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz!

English
Русский

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
More from @mitcuz
  1. Oct 12, 2026📈O‘zbekiston xalqaro pochta aloqasi rivojlanishi reytingida 11 pog‘ona yuqoriladi 📈Umumj…
  2. Oct 12, 2026🇺🇿 🇨🇳 O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida sun’iy intellekt sohasidagi hamkorlikni rivojlant…
  3. Oct 12, 2026🏆UNICON-SOFT — ASOCIO Digital & AI Awards 2026 g‘olibi! 📌“Unicon Soft” kompaniyasi Osiyo…
  4. Oct 12, 2026🇺🇿🇫🇷 Fransuz IT kompaniyalarini O‘zbekistonda qanday imkoniyatlar kutmoqda? 9-oktabr k…
  5. Oct 12, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent qurilishini jadallashtirish masalalari yuzasid…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →